Jahon

Kim Chen Inning singlisi Janubiy Koreyaga shart qo'ydi

Shimoliy Koreya Seul bilan muloqot boshlash uchun o‘z shartini aytdi. Bu haqda “РИА новости” xabar bermoqda.

Kim Chen Inning singlisi Janubiy Koreyaga shart qo'ydi

 

 

Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjonning aytishicha, Janubiy Koreya shimolga nisbatan dushmanlik munosabatini to‘xtatsa, Pxenyan muloqotga tayyor. Kim Yo Chjon janubni ig‘vogarona harakatlarni amalga oshirish hamda ikki xil standartlarga amal qilishda aybladi.

 

U ikki davlat o‘rtasidagi urush yakunlanganini rasman eʼlon qilish uchun o‘zaro  “kafolatlangan hurmat” bo‘lishi kerakligi, ikkinchi tomonga nisbatan “dahshatli dushmanlik munosabatidan, adolatsiz ikki xil standartlardan” voz kechish lozimligini taʼkidlagan.

 

Janubiy Koreya Prezidenti  Mun Chje In BMT Bosh Assambleyasidagi chiqishida AQSH va Xitoy ishtirokida Koreya yarimorolida urush tugaganini eʼlon qilishni taklif qildi.  Kim Yo Chjon bu bayonoti orqali Janubiy Koreya rahbariga o‘ziga xos javob berdi.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Shimoliy Koreya yangi raketa sinovlarini o‘tkazgani haqida xabar berilgandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Qirg‘oqbo‘yi hududlaridan aholi ko‘chirilmoqda, dengizdagi neft va gaz qazib olish faoliyati qisqartirildi.

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

AQSH prezidenti Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish jarayoni tezlashganini ma’lum qildi.

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron Amerika talablarini qabul qilmasa, mamlakat yo‘q qilinishi mumkinligini aytdi.

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Sultanbekovning avvalgi sudlanganligi bo‘yicha o‘talmagan jazo qismi ham hisobga olinib, yakuniy jazo muddati 7 yil etib belgilandi.

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

Yoshi 15 dan kichik ekani aniqlangan foydalanuvchilarning akkauntlari yopiladi.

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Xavfsizlik sababli metro liniyalarining ikkitasida harakat vaqtincha to‘xtatilgan.

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

“Tashkent Content Market” 50 dan ortiq davlatdan 3 ming nafardan ziyod ishtirokchini jamlashi kutilmoqda.

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Qirg‘iziston poytaxtida vafot etgan turmush o‘rtog‘i yonidan qabriston uchun joyni oldindan band qilish mumkin.