Jahon

Armaniston Turkiya bilan munosabatlarni tiklashga tayyor — Armen Grigoryan

Armaniston Turkiya bilan munosabatlarni bosqichma-bosqich normallashtirishga, shuningdek, ikki mamlakat vakillarining uchrashuvlarini yuqori darajada tashkil qilishga tayyor. Bu haqda Xavfsizlik Kengashi kotibi Armen Grigoryan maʼlum qildi.

Armaniston Turkiya bilan munosabatlarni tiklashga tayyor — Armen Grigoryan

 

 

 

“Biz  butun mintaqada tinchlik o‘rnatish zarurligi haqida gaplashdik. Shu nuqtai nazardan  Turkiya bilan munosabatlarni tartibga solishimiz kerak. Jarayon bosqichma-bosqich bo‘lishi lozim. Uchrashuv va muzokaralar  muammolarni hal qilish usullaridan biridir”, — dedi Grigoryan.

 

Armaniston Xavfsizlik Kengashi kotibi Turkiya bilan munosabatlarni tartibga solish tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi maqomi bilan bog‘liq emas, dedi. Bundan avval Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan uning jamoasi Turkiya bilan munosabatlarni normallashtirishga, chegaralarni ochish va aloqalarni yaxshilashga tayyor ekanini bir necha bor bildirgandi. Pashinyan fikricha, bu qadam mintaqaga tinchlik va barqarorlik olib keladi.

 

Umumiy chegara birligi va qo‘shnichilikka qaramay, Armaniston va Turkiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilmagan. 2009-yilda Tsyurixda ikki davlat tashqi ishlar vazirlari diplomatik munosabatlar o‘rnatish va munosabatlar tamoyillari to‘g‘risidagi protokollarni imzoladi, biroq bu hujjatlar davlatlar tomonidan ratifikatsiya qilinmadi. 2018-yil 1-martda Armaniston protokollar bekor qilinganini eʼlon qildi.

 

Armaniston rasmiylari bir necha bor Turkiya Ozarbayjonga 2020-yilning kuzida Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi mojarolar paytida harbiy jihatdan yordam ko‘rsatganini bildirgan. Yerevan, shuningdek, Anqara mintaqaga Yaqin Sharqdan jangarilar yuborayotganini daʼvo qildi.  

 

 

Nasiba To‘xtayeva

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Armaniston Turkiya bilan munosabatlarni tiklashga tayyor — Armen Grigoryan | Zamon.uz