Jahon

“Osiyo NATO”si (QUAD)  Vashingtonda yig‘ilish o‘tkazdi

Xavfsizlik  bo‘yicha to‘rt tomonlama muloqot davlatlari (QUAD) o‘zaro uchrashuv o‘tkazdi. Bu tashkilot norasmiy doiralarda “Osiyo NATO”si  deb ham ataladi. Yaponiya, AQSH, Avstraliya va Hindiston QUADga   aʼzo davlatlar hisoblanadi.

“Osiyo NATO”si (QUAD)  Vashingtonda yig‘ilish o‘tkazdi

 

 To‘rt davlat 24-sentyabr kuni Vashingtonda yig‘ilgan. Kosmik hamkorlik, kiberxavfsizlik va 5G texnologiyalarini rivojlantirish uchrashuvning asosiy mavzusi bo‘lgan. Xususan, ushbu davlatlar iqlim o‘zgarishi holatlari monitoringi va tabiiy ofatlar yuzasidan sunʼiy yo‘ldosh tasvirlari bilan almashishga kelishib olgan. Shuningdek, ular infrastrukturada hamkorlik va kiberxavfsizlik bo‘yicha maxsus guruh tuzadi.

 

Bundan tashqari, 2022-yilda koronavirus pandemiyasiga qarshi maxsus mashg‘ulotlar o‘tkazilishi mumkin. Uchrashuv yakunida qabul qilingan kommyunikeda dunyo aholisining katta qismi emlanishi, global sog‘liqni saqlash tizimining moliyalashtirilishi va siyosiy boshqaruvni mustahkamlash masalalari muhimligi taʼkidlangan.

 

Afg‘oniston ham markaziy mavzulardan bo‘ldi. Yaponiya, AQSH, Avstraliya va Hindiston afg‘on muammosidagi siyosatini muvofiqlashtirishga kelishib oldi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH, Avstraliya va Buyuk Britanya o‘rtasida harbiy alyans tuzilgani xabar qilingandi.

custom img

Janubiy Afrikadagi ikkita shaharchada otishma bo‘ldi: 27 kishi vafot etdi

Hujum sababi hozircha noma’lum.

custom img

Qozog‘iston mudofaa vaziri ishdan olindi: qaror 14 harbiy halok bo‘lganidan keyin qabul qilindi

Bundan avval Qosim-Jo‘mart Toqayev Mudofaa vazirligidagi ishlar holatini kompleks tekshirish uchun maxsus komissiya tuzishni topshirgan edi.

custom img

Tailandda turistlar uchun yangi yig‘im: xorijlik sayyohlardan 13,5 dollar undirilishi mumkin

Yig‘imni undirishni 2027-yilning birinchi choragidan boshlash rejalashtirilmoqda.

custom img

Xitoy va AQSh savdo bojlarini 30 mlrd dollarga kamaytirishga kelishdi: tomonlar AI bo‘yicha muloqot boshlaydi

Kelishuv XXR raisining Vashingtonga uch kunlik tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan sakkiz bandli konsensus doirasida tuzilgan.

custom img

Afinada bino portladi: olti kishi halok bo‘ldi

Portlash gaz infratuzilmasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

custom img

Hurmuz blokadasi tufayli 45 mln kishi oziq-ovqat tanqisligiga duch kelishi mumkin — BMT

Hurmuz bo‘g‘ozidagi o‘g‘it yetkazib berishidagi uzilishlar global oziq-ovqat ta’minotiga xavf tug‘dirmoqda.

custom img

10 yillik qidiruv: AQSHda o‘zbekistonlik erkakning ishi sudda ko‘rilmoqda

U ISHID va “An-Nusra fronti”ga moddiy yordam ko‘rsatishga urinishda ayblanmoqda.

custom img

“Mojaroga aralashmaymiz”: Makron Saudiya Arabistoniga qo‘shin yuborilishini e’lon qildi

Emmanuel Makron harbiylar mudofaa vazifasini bajarishini va Parij mintaqadagi mojaroga aralashmasligini ta’kidladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"