O'zbekiston

Budapeshtdan O‘zbekiston shaharlariga parvozlar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirmoqda

Xiva shahrida "Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida" xalqaro madaniy forumi doirasida o‘tkazilgan Turksoy davlatlari Madaniyat vazirlari Doimiy Kengashining 38-yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto bilan uchrashdi.

Budapeshtdan O‘zbekiston shaharlariga parvozlar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirmoqda

 

 

Turizm va sport vazirligi axborot xizmatining qayd etishicha, uchrashuvda sayyohlar almashinuvini qayta tiklash hamda O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida sayyohlar oqimini sezilarli darajada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni qabul qilish asosiy masalalaridan biri bo‘ldi. Shu munosabat bilan tomonlar “WizzAir” aviakompaniyasi tomonidan "Budapesht – Samarqand" to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini yo‘lga qo‘yish masalasi ham muhokama qilindi.

 

Vengriya tashqi ishlar vaziri Budapeshtdan O‘zbekistonning Samarqand, Toshkent va Buxoro kabi yirik shaharlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar amalga oshirilishiga qiziqish bildirdi. Shu bilan birga, O‘zbekiston aeroportlarida xizmat ko‘rsatish shartlarini taʼminlashda va aviaqatnovlarga oid bitim imzolanishida ko‘makka umid bildirdi.

 

O‘zbekiston tomoni yaqin vaqt ichida Vengriya aviatashuvchisiga ushbu reysni ishga tushirish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish va uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini tasdiqladi.

 

Maʼlumot uchun, ikki mamlakatning ilm-fan sohasi vakillari va tadqiqotchilari o‘rtasida ham yaqin hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Masalan, Loranda Eotvosh nomidagi Budapesht universiteti professori, Sharqshunoslik instituti direktori Benedek Perri bilan birgalikda Vengriya Fanlar Akademiyasi kutubxonasida saqlanayotgan O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish loyihasi amalga oshirilmoqda.

 

Hozirda Peri F. Navoiyning "Mahbub-ul qulub" asarini ingliz tiliga, “Boburnoma” asarini esa venger tiliga tarjima qilmoqda.

 

Avvalroq Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov Tokioda Yaponiyaning madaniyat masalalari bo‘yicha vakili Sunʼichi Tokura bilan uchrashgani haqida xabar berilgandi.

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Firibgarlar kassalarda chipta qolmaganini aytib, yo‘lovchilarga ularni bir necha barobar qimmat narxda taklif qilmoqda.

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

Shuningdek, Fuqarolik aviatsiyasi agentligi ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilash taklif etilgan.

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryoning qurib borayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar paydo bo‘ldi.

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Qiz Turkiyaga o'qish bahonasida olib borilgan.

Metro panduslari nega ishlamayapti? Metropoliten izoh berdi

Metro panduslari nega ishlamayapti? Metropoliten izoh berdi

Elektron ko‘targichlar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga murojaatlar yuborilgan.

680 ming so‘m saqlab qolinadi: banklarning kredit pulini avtomatik yechishiga cheklov qo‘yiladi

680 ming so‘m saqlab qolinadi: banklarning kredit pulini avtomatik yechishiga cheklov qo‘yiladi

Banklar barcha kartalardagi jami qoldiq mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining yarmidan kamayib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.

Nikoh statistikasi: yarim yilda 694 nafar ayol 50 yoshdan keyin turmush qurdi

Nikoh statistikasi: yarim yilda 694 nafar ayol 50 yoshdan keyin turmush qurdi

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–iyun oylarida 92,3 mingta nikoh qayd etildi.

Toshkentda issiq suv 5 kunga o‘chiriladi: manzillar ma’lum qilindi

Toshkentda issiq suv 5 kunga o‘chiriladi: manzillar ma’lum qilindi

Bunga qozonxonalarda rejali profilaktika ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi.