Jahon

Fransiya Prezidenti elchi Filipp Etenni AQSHga qaytarish haqidagi qarorini eʼlon qildi

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron suv osti kemalari atrofidagi janjal sababli maslahatlashuvlardan so‘ng Fransiyaning AQSHdagi elchisi Filipp Etenni qaytarish qarorini eʼlon qildi, deb yozadi “TASS.”

Fransiya Prezidenti elchi Filipp Etenni AQSHga qaytarish haqidagi qarorini eʼlon qildi

 

 

Fransiya elchisi Vashingtonga aniq muzokaralar mandati bilan qaytadi va hamkorlikni qayta tiklash shartlarini muhokama qiladi.

 

Makron, shuningdek, Avstraliyaning Parij bilan shartnomani Buyuk Britaniya va AQSH bilan kelishuvga almashtirish qarori Hind va Tinch okeanidagi strategiyasiga taʼsir qilmasligini aytdi.

 

Makronning qo‘shimcha qilishicha, AQSH bilan munosabatlar bo‘yicha muloqot oktyabr oyida davom etadi, Bayden bilan yangi suhbat rejalashtirilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, AQSH, Buyuk Britaniya va Avstraliya o‘rtasida 15 sentyabrda imzolangan yangi AUKUS alyansi unga aʼzolarning Fransiya bilan munosabatlarida chuqur diplomatik inqirozni keltirib chiqardi.

 

Alyans doirasida Avstraliya sakkizta atom suv osti kemasini oladi. Ushbu kelishuv tufayli Avstraliya fransuz kompaniyasi bilan suv osti kemalari uchun ko‘p milliardli shartnomani buzdi.

 

Parij ittifoqchilarning bunday qarorini "orqadan pichoq" sanchish, deb atagan. Fransiya Vashington va Kanberradagi elchilarini maslahatlashuv uchun chaqirib olgan edi.

 

Bundan avval Shimoliy Koreya navbatdagi raketa sinovini o‘tkazgani to‘g‘risida xabar berilgan edi.

 

 Maʼlum qilinishicha, eng kamida bitta nomaʼlum turdagi snaryad otilgan. Shu bilan birga uning turi va qayerdan otilgani haqida maʼlumot keltirilmagan.

 

 

Nasiba To‘xtayeva

Zelenskiy va Tramp o‘rtasida ziddiyat: Ukraina prezidenti G‘arb yetakchilariga qo‘ng‘iroq qildi

Zelenskiy va Tramp o‘rtasida ziddiyat: Ukraina prezidenti G‘arb yetakchilariga qo‘ng‘iroq qildi

Telefon suhbatlari Vashington va Kiyev o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgan bir paytda o‘tkazildi.

Ukrainaga yangi prezident kerak — Tramp

Ukrainaga yangi prezident kerak — Tramp

U Zelenskiyni urushni tugatishga intilmayotganlikda aybladi.

Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi: bolalar ham bor

Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi: bolalar ham bor

Zelenskiy Rossiyaning hujumini AQSHning sanksiyalarni yumshatish qarori bilan bog‘ladi.

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Qirg‘oqbo‘yi hududlaridan aholi ko‘chirilmoqda, dengizdagi neft va gaz qazib olish faoliyati qisqartirildi.

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

AQSH prezidenti Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish jarayoni tezlashganini ma’lum qildi.

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron Amerika talablarini qabul qilmasa, mamlakat yo‘q qilinishi mumkinligini aytdi.

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Sultanbekovning avvalgi sudlanganligi bo‘yicha o‘talmagan jazo qismi ham hisobga olinib, yakuniy jazo muddati 7 yil etib belgilandi.

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

Yoshi 15 dan kichik ekani aniqlangan foydalanuvchilarning akkauntlari yopiladi.