Jamiyat

Ikki yashar o‘g‘liga jiddiy shikast yetkazgan ota bilan bog‘liq holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida 22-sentabr kuni fuqaro D.Sh. 2 yoshli o‘g‘lini urib, ko‘zini ko‘r qilgani aytildi. Bu haqda “Nasafnews”ga bolaning yaqinlari xabar berdi.

Ikki yashar o‘g‘liga jiddiy shikast yetkazgan ota bilan bog‘liq holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda

 

 

Maʼlum bo‘lishicha, H.E. ismli bola hozirda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qarshi filialidagi bo‘limda koma holatida qolmoqda. Unga shifokorlar imkon boricha yordam qilishmoqda. Ammo bolaning ahvoli juda og‘ir. Oila bekasi S.J. voqeaga quyidagicha izoh berdi:

 

“2 nafar farzandim bor. Turmush o‘rtog‘im 2 ta maktabda dars beradi. Voqea sodir bo‘lgan kuni soat 4 yoki 5 atrofida ishdan qaytdi. Ikki bolamning birovi beshikda edi. Birovi yerda edi. Men erim qarab turadi deb o‘ylab, tashqariga chiqdim va mollarga qaradim".  

 

       Qayd etilishicha, 20 daqiqa ichida ota bolasini  urib, ko‘zini ko‘r qilib, maz surtgan. Bolaning ikkki ko‘zi ko‘rmay qolgan. Bo‘g‘ib, boshiga qattiq urgan, va yonida turgan tikuv mashinasiga urgan, bola otilib ketgan. Keyin ko‘rpachaga  o‘rab, hushidan ketkazib, yotqizib qo‘yilgan.   

 

 Voqea paytida ona bolasini ikki soat davomida o‘zi hushiga keltirishga harakat qilgan. Ammo ertasi kuni shifokorga olib borilganda, bolaning ahvoli og‘irligi aytilgan.

 

Holat o‘rganilganda, jabrlanuvchi 2 yoshli bola o‘ta og‘ir ahvolda bo‘lgan. Bolaning bo‘yin sohalari ko‘kargan, og‘iz qismi va ko‘zlariga og‘ir tan jarohatlari yetkazilgan.

 

 “Shifoxonaga 23-sentabr kuni olib kelindi. Onasining so‘ziga qaraganda, ikki kun oldin o‘z otasi bolani uyida bo‘g‘ib, joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan. Olib kelinganda bola hushsiz, koma holatida, hech qanday harakat yo‘q edi. Boshlarida shishish, yuzlari ko‘karib, bo‘ynining tagida ko‘karishlar borligini ko‘rdik. Shu kungacha hamma kerakli tibbiy xizmatni ko‘rsatdik”, — deydi shifokor Barat Bobodo‘stov.

 

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, bolaga yopiq qo‘shma jarohat, yopiq bosh miya shikastlanishi, bosh miyaning lat yeyishi, qon quyilishi, miya shishishi va miya komasi, o‘tkir nafas yetishmovchiligining ikkinchi darajasi bilan tashxis qo‘yilgan.

 

Bolaning tog‘asi, ayolning ukasi J.J. holat yuzasidan Ichki ishlar xodimlariga murojaat qilganini, ammo ular shikoyatni tinglamayotganini aytgan. Uning aytishicha,

 

“Opam bizning Boyqo‘rg‘on mahallasidan Terakli mahallasiga turmushga chiqqan. 2 nafar bolasi bor. 1 va 2 yoshli. Katta o‘g‘li H.ni otasi urib, og‘ir tan jarohati yetkazdi. Shifokorlar ‘operatsiya qilsak, omon qolmasligi mumkinʼ, deb aytmoqda. Voqeadan avval opamni 3 kun qiynab, uyida olib o‘tirgan. 

“Agar ichki ishlarga yoki uydagilarga xabar bersang, ikkinchi bolangdan ham ayrilasan, deb aytgan. Ichki ishlar boshqarmasi xodimlariga chiqdik. Ular bir marta kelib, keyin voqea bilan umuman qiziqmay qo‘yishdi”.

 

Mazkur holat yuzasidan Dehqonobod tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Avvalroq,  Surhondaryoda bolasidan voz kechgan ona qamalgani, olti yoshli bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayol besh yilga qamalgani to‘g‘risida xabar qilingandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"