Lifestyle

Sirdaryolik yigitlar Toshkentdan Dushanbegacha piyoda bormoqchi

Sirdaryolik yoshlar Eldor Jo‘rayev va Sherxon Sherboyev toshkentdan Dushanbe shahrigacha "Do‘stlik marafoni"ni o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi. Bu haqda "Xalq so‘zi Online" xabar qildi.

Sirdaryolik yigitlar Toshkentdan Dushanbegacha piyoda bormoqchi

 

 

 

Unda aytilishicha, tashabbuskorlar «Toshkent — Bekobod — Istaravshan — Shahriston — Dushanbe» yo‘nalishi bo‘yicha piyoda harakatlanib, 415 kilometr masofani 9 kunda bosib o‘tmoqchi. Yo‘nalishning bir qismi Turkiston tog‘ tizmasidagi dovonga to‘g‘ri keladi.

 

— Bundan avval, yaʼni shu yilning 15 fevral — 24 mart kunlari Andijondan Mo‘ynoqqacha yayov borgan edik. Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga qaratilgan bu  loyihamizni jamoatchilik qo‘llab-quvvatladi. Minglab tengdoshlarimiz, yurtdoshlarimiz o‘z hududlarida bizga hamrohlik qilib, piyoda yurishning ahamiyati nechog‘lik muhimligini ko‘rsatishda bevosita ishtirok etdi. Mazkur loyihamizdan maqsad esa yon qo‘shnimiz, qardosh Tojikiston xalqi bilan do‘stligimizni tarannum etish hamda azaliy hamjihatligimizni yana-da mustahkamlashga hissa qo‘shishdan iborat. – deya Eldor Jo‘rayevning so‘zlarini keltiradi rasmiy sayt.

 

Bundan avval Qoraqalpog‘istondan toshkentgacha bir haftalik sayohat qilgan yo‘lovchi, O‘zbekistonda eng ko‘p piyoda yurgan deb topilgan fuqaro 1,8 million so‘m bilan mukofotlangani hamda «Sog‘lom turmush tarzi» platformasi faoliyati to‘xtatilganiga oid maʼlumot asossiz bo‘lib chiqqani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Sirdaryolik yigitlar Toshkentdan Dushanbegacha piyoda bormoqchi | Zamon.uz