“Tolibon” jangchilariga selfi qilish va oq krossovka kiyishni taqiqladi
Afg‘onistonning yangi mudofaa vaziri Mavlaviy Yoqub “Tolibon” jangchilariga selfi qilish va oq krossovka kiyishni taqiqladi, deb yozadi “The Wall Street Journal.”


Taʼkidlanishicha, bunday taqiqlarga ko‘plab toliblar Kobul bosib olingandan so‘ng, g‘alabani nishonlash vaqtida ommaviy suratga tusha boshlagani sabab bo‘lgan.
Mudofaa vazirining aytishicha, selfilar “Tolibon” rasmiylari xavfsizligiga tahdid soladi va "shahidlarimiz qoni bilan olingan" maqomga putur etkazadi.
Yoqubning so‘zlariga ko‘ra, oq krossovkalar — g‘arb modasi hisoblanadi.
Bundan avvalroq “Tolibon” jangarilariga soqol olish taqiqlangani, “Tolibon” Pokiston yadro qurollarini qo‘lga kiritishi mumkinligi haqida xabar qilingan edi.
Nasiba To‘xtayeva







