Jahon

AQSh qo‘shinlarini Afg‘onistondan nima uchun olib chiqqani ochiqlandi

Oq Uy matbuot kotibi Jen Psaki AQSh qo‘shinlari Afg‘onistonda qolishi "Tolibon" bilan urush keltirib chiqarishi mumkin bo‘lganini maʼlum qildi.

AQSh qo‘shinlarini Afg‘onistondan nima uchun olib chiqqani ochiqlandi

 

 

Bu Pentagonning Baydenga qo‘shinlarni olib chiqmaslikni so‘ragani to‘g‘risidagi bayonotiga javob bo‘ldi. Psaki ushbu masala yuzasidan turli fikrlar bo‘lganini ham qo‘shimcha qildi.

 

"Qo‘shinlar soni oshirilishi ham doimiy chora bo‘la olmasdi. Bu, shuningdek, "Tolibon" bilan urushni anglatardi va ehtimoliy qurbonlar sonini oshirardi. Prezident shunchaki bunday qaror qabul qilishga tayyor emasdi. U qo‘shinlar sonining oshirilishi аmerika xalqi manfaatlariga zid ekanini yaxshi anglagan", — degan Psaki.

 

U, shuningdek, qo‘shinlar soni oshirilishi uzoq muddatli bo‘lmasligini aytgan. Shu bilan birga Psaki qo‘shinlarni olib chiqish to‘g‘risidagi qaror shaxsan Baydenning o‘zi tomonidan qabul qilinganini taʼkidladi.

 

Maʼlumot o‘rnida: Vashington 2021-yil avgusti oxirida Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqib ketdi. Bu AQSh tarixidagi eng uzoq urushning tugashiga olib keldi.

 

Avvalroq "Tolibon" Pokiston yadro qurollarini qo‘lga kiritishi mumkinligi hamda toliblarning o‘z jangchilariga yangi taqiqlar joriy etgani haqida xabar berilgandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"