Dunyodagi eng arzon elektromobil sotuvga chiqdi
“Alibaba” onlayn savdo maydonchasida bir kishini tashishga mo‘ljallangan mitti elektromobil sotuvga qo‘yildi.


O‘lchamining kichikligiga qaramay, mashina umumiy foydalanishdagi yo‘llarda harakatlanish imkonini beradigan zarur qurilmalar bilan jihozlangan.
Jamlanmasidan kelib chiqib, eleketromobilning narxi $100 dan $4 minggacha bo‘lishi mumkin. Ushbu avtomashina Xitoyda ishlab chiqarilgan bo‘lib, umumiy og‘irligi 230 kg.ni tashkil etadi. Mashina 1,3 ot kuchiga ega elektromotor yordamida soatiga 40 kilometrgacha tezlikda harakatga kelishi mumkin.
Orqa uzatmali elektrokar bir marta quvvatlanish orqali maksimal tezlikda 60 kilometr yo‘l bosa oladi.
Avvalroq “UzAuto Motors”ning sof foydasi qariyb 70 foizga oshgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







