Jahon

Jozef Bayden Rossiyaga nisbatan qatʼiyatsizlikda ayblandi

Jozef Bayden Rossiyaga qarshi bosimni kuchaytirish haqidagi saylovoldi vaʼdasini bajarmadi. “National Review”  jurnalisti Jim Jerati Baydenning prezident etib saylanganidan keyin Rossiyaga nisbatan munosabatiga ana shunday baho berdi.

Jozef Bayden Rossiyaga nisbatan qatʼiyatsizlikda ayblandi

 

 

Unga ko‘ra, Bayden prezident etib saylanganidan so‘ng Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Rossiya tahdidlariga qarshi ekani, AQSH milliy manfaatlarini himoya qilishini aytgan. So‘ng, AQSH yetakchisi 2016-yilgi saylovlarga aralashgani uchun Rossiyani “tovon to‘lash”ga majbur qilmoqchi ekanini bildirgan. Ammo Jim Jeratining fikricha, shundan keyin Bayden bu borada qatʼiylik ko‘rsatmagan.  Muallif bunga Bayden maʼmuriyatining 2021-yil aprelida Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etib, iyun oyida Rossiya — AQSH rahbarlari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin Moskva bilan barqaror munosabatlar o‘rnatilishi eʼlon qilinganini misol qilib ko‘rsatgan.

 

Shuningdek, Jim Jerati strategik qurollarni cheklash to‘g‘risidagi shartnoma uzaytirilishi va “Shimoliy Oqim-2” loyihasi bo‘yicha AQSH roziligida ham Baydenni qatʼiyatsizlikda ayblagan.

 

Jeratining fikricha, so'nggi yangilik —  AQSH Moskvaning Markaziy Osiyodagi  harbiy bazalaridan foydalanishga harakat qilishi Vashingtonni Rossiyaga qaram qilib qo‘yadi. Chunki shundan so‘ng mintaqadagi barcha aksilterror operatsiyalarni o‘tkazish Moskvaga  bog‘liq bo‘lib qoladi.


Avvalroq  AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Rossiyani YEXHT yig‘ilishi o‘tmaganligida ayblab chiqqandi. Shuningdek, AQSH Rossiyaning Markaziy Osiyodagi bazalaridan foydalanishni so‘ragani xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqiga qarshi Germaniya sudida muhim g‘alabaga erishdi — Die Welt

Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqiga qarshi Germaniya sudida muhim g‘alabaga erishdi — Die Welt

Usmonov Yevropa Ittifoqidan o‘zi haqidagi asossiz ma’lumotlarni tarqatishni to‘xtatishni talab qilib sudga murojaat qilgan.

Rossiya Gana fuqarolarini Ukrainadagi urushga yollamaydi: Putin va’da berdi

Rossiya Gana fuqarolarini Ukrainadagi urushga yollamaydi: Putin va’da berdi

Gana fuqarolari shaxsiy tashabbusi bilan ham urushga bora olmaydi.

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Shuningdek, Ukraina AQShdan Patriot raketalarini bir oy muddatga yetkazib berishni so'ragan va buning uchun toʻlov qilishga tayyorligini bildirgan.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor. Hujumlar G‘azoning janubidagi Xon Yunis va shimolidagi G‘azo shahrida sodir etilgan.