Jamiyat

Andijondagi ikki qavatli savdo markazining yerto‘lasida yong‘in sodir bo‘ldi

Andijon viloyatining Shahrixon tumanida joylashgan ikki qavatli savdo markazining yerto‘lasida yong‘in yuz berdi.

Andijondagi ikki qavatli savdo markazining yerto‘lasida yong‘in sodir bo‘ldi

 

 

FVV matbuot xizmatining xabar qilishicha, hodisa haqida xabar Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga 30 sentabr kuni soat 15:34 da xabar kelib tushgan. Qayd etilishicha, voqea joyiga 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:40 da yetib borib, yong‘in soat 16:17 da o‘rab olingan va soat 16:29 da o‘chirilgan.

 

Maʼlum qilinishicha, yong‘in oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

 

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Avvalroq Samarqand shahridagi xonadonlarning biri yonib ketgani, Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi xonadonning og‘ilxonasida yong‘in yuz bergani hamda Toshkent viloyati Angren shahridagi ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqqani haqida xabar berilgandi.

Andijondagi ikki qavatli savdo markazining yerto‘lasida yong‘in sodir bo‘ldi | Zamon.uz