Jahon

“Tolibon”ni  eng yaqin hamkori tanqid qildi

Qatarning “Tolibon”dan hafsalasi pir bo‘lgan. Bu haqda mamlakat  tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdurrahmon al-Tani Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel bilan uchrashuvda maʼlum qilgan.

“Tolibon”ni  eng yaqin hamkori tanqid qildi

 

 

“Afg‘onistondagi ayrim hodisalar bizni tashvishga soldi, chunki bu ortga qadam tashlash bilan barobar. Biz toliblarga islom mamlakatlari ayrim qonunlarni amalga oshirishi, xususan, ayollar huquqi bilan bog‘liq masalalarni hal qilishi mumkinligini ko‘rsatishga harakat qilyapmiz”, — degan al-Tani.

 

U “Tolibon”ni sobiq hukumat davrida erishilgan ayrim yutuqlarni saqlab qolishga chaqirdi. Shuningdek, milliy yarashuv bo‘yicha muloqot boshlash zarurligini taʼkidlagan.

 

Maʼlumot o‘rnida: Qatar “Tolibon”ning eng ishonchli hamkorlaridan biri. Harakatning siyosiy ofisi aynan shu yerda joylashgan. Qatar ko‘plab sohada, xususan, Kobul aeroportini boshqarishda toliblarga yordam bermoqda.

 

Avvalroq “Tolibon” sobiq hukumat tiklanmasligini maʼlum qilgandi. Shuningdek, Ahmad Masʼud Rossiya bilan aloqa o‘rnatishga harakat qilayotgani haqida xabar berilgandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Janubiy Koreyada imtihon mojarosi: ta’lim vaziri iste’foga chiqdi

Janubiy Koreyada imtihon mojarosi: ta’lim vaziri iste’foga chiqdi

Ta’lim vaziri vaziyatga oldindan tayyorgarlik ko‘rilmagani uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi.

AQSH dengiz portlari xakerlar nishonida: kiberhujumlar soni keskin oshdi

AQSH dengiz portlari xakerlar nishonida: kiberhujumlar soni keskin oshdi

Mutaxassislar bunday hujumlar yuk tashish va energiya resurslari eksportiga jiddiy zarar yetkazishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

G‘arbiy Sohilda isroillik ko‘chmanchilari hujumi: 12 ta avtomobil yoqib yuborildi

G‘arbiy Sohilda isroillik ko‘chmanchilari hujumi: 12 ta avtomobil yoqib yuborildi

Bosib olingan G‘arbiy Sohildagi bir nechta Falastin qishlog‘ida sodir bo‘lgan hujumlar Isroilda ham siyosiy bahslarga sabab bo‘ldi.

Meksikada narkokartel rahbarini qo‘lga olish operatsiyasi: 11 kishi halok bo‘ldi

Meksikada narkokartel rahbarini qo‘lga olish operatsiyasi: 11 kishi halok bo‘ldi

AQSH Mesa Floresni qo‘lga olishga yordam beradigan ma’lumot uchun 5 million dollar mukofot va’da qilgan edi.

G‘azoda oziq-ovqat tarqatayotgan avtomobilga Isroil droni zarba berdi: uch kishi halok bo‘ldi

G‘azoda oziq-ovqat tarqatayotgan avtomobilga Isroil droni zarba berdi: uch kishi halok bo‘ldi

Avtomobil bolalarga oziq-ovqat va ichimlik tarqatish uchun to‘xtashga tayyorlanayotgan paytda raketa bilan urilgani aytildi.

Hormuz bo‘g‘ozidagi hujumlar kuchaydi: Eron ikkita raketa uchiruvchi qurilmani namoyish etdi

Hormuz bo‘g‘ozidagi hujumlar kuchaydi: Eron ikkita raketa uchiruvchi qurilmani namoyish etdi

Raketa qurilmasi namoyishi AQShning Eron raketa dasturini yo‘q qilgani haqidagi bayonotlari fonida amalga oshirildi.

O‘yin sanoatida rekord: GTA VI ilk kunidayoq qariyb 4 milliard dollar daromad keltirdi

O‘yin sanoatida rekord: GTA VI ilk kunidayoq qariyb 4 milliard dollar daromad keltirdi

Bu ko‘rsatkich 2013-yilda chiqarilgan GTA V’ning dastlabki uch kunlik 1 milliard dollarlik natijasidan qariyb to‘rt baravar yuqori.

Yevropada antibiotiklarga chidamli bakteriya tarqalishi xavfi oshmoqda: JSST ogohlantirdi

Yevropada antibiotiklarga chidamli bakteriya tarqalishi xavfi oshmoqda: JSST ogohlantirdi

Klebsiella pneumoniae sababli yuzaga kelgan qon infeksiyalari 2019–2025-yillarda 72 foizga oshdi.