0

Facebook‘da Shavkat Mirziyoyev nomi bilan soxta akkaunt ochib firibgarlik qilgan shaxs aniqlandi

Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Shavkat Mirziyoyev nomi bilan soxta akkaunt ochib firibgarlik qilgan surxondaryolik shaxsga sud hukmi o‘qilgan, deya xabar bermoqda IIB axborot xizmati rahbari Bobur To‘laganov.

Facebook‘da Shavkat Mirziyoyev nomi bilan soxta akkaunt ochib firibgarlik qilgan shaxs aniqlandi

 

 

Qayd etilishicha, fuqarolardan biri Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Shavkat Mirziyoyev nomi bilan soxta akkaunt ochib odamlar bilan muloqot olib borgan. U fuqarolarga o‘zini Prezident administratsiyasi rahbari sifatida tanishtirgan.

 

Mazkur shaxs tarmoq foydalanuvchilariga turli masalalarda, ayniqsa bank kreditlari olish va uy-joy ajratishda yordam berishini aytib, buning uchun 50 ming so‘mdan 1,5 million so‘mgacha pulni plastik kartasi orqali olgan.

 

Maʼlum qilinishicha, 2021-yil 5-fevral kuni Toshkent viloyati Chirchiq shahri hududida tezkor-texnik qidiruv tadbiri o‘tkazilib, mazkur shaxs ushlangan. Undan telefon qurilmasi ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan. Surishtiruvlarda gumonlanuvchining shaxsiga aniqlik kiritilganda U Chirchiq shahar 3-kichik tumanida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tib yashab kelgan, 1982-yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan M.M. ekani maʼlum bo‘lgan.

 

Fuqaro M.M.ga nisbatan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.

 

Mazkur shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi Jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan. Sud hukmiga ko‘ra gumonlanuvchi firibgarlik jinoyatini sodir etgan deb topilgan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan uch yilga ozodlikdan mahrum etish hamda 3 yil internetdan foydalanish huquqini cheklash jazosi berilgan.

 

Avvalroq Toshkentda Telegram‘da soxta guruh ochib, odamlarni aldagan shaxslar qo‘lga olingani, Samarqandda 16 ming AQSH dollarini bukmekkerlik saytida yutqazib yuborgan firibgar aniqlangani hamda Andijonda virtual firibgar qo‘lga olingani hamda Instagram ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari xavfsizligini taʼminlash uchun "Security Checkup" sozlamasini joriy etgani haqida xabar berilgandi.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Facebook‘da Shavkat Mirziyoyev nomi bilan soxta akkaunt ochib firibgarlik qilgan shaxs aniqlandi