Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Antaliyaga bordi
11-noyabr kuni davlat rahbari BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining yalpi sessiyasida ishtirok etadi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga amaliy tashrif bilan Antaliya shahriga keldi.
Xalqaro aeroportda davlat rahbarini Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim va Turkiyaning rasmiy shaxslari kutib oldi.
Ertaga, 11-noyabr kuni mamlakat yetakchisi BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining yalpi sessiyasida ishtirok etadi.








