0

Soxta prokuratura xodimi va uning sherigi ushlandi

Muborakda o‘zini prokuratura xodimi deb tanishtirib, odamlarni chuv tushirgan sobiq IIB xodimi va uning sherigi qo‘lga olindi.

Soxta prokuratura xodimi va uning sherigi ushlandi

 

 

Ma'lum bo'lishicha, joriy yilning 28-29 sentabr kunlari DXX Muborak shahar bo‘linmasi va departament Muborak tuman bo‘limi, DXX Qashqadaryo viloyat boshqarmasi va Muborak tumani prokuraturasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Olib borilgan tadbir davomida o‘zini prokuratura xodimi deb tanishtirib yurgan shaxslar qo‘lga olindi.

 

Tergov jarayonida huquqbuzarlarning biri  41 yoshli, avval sudlangan sobiq Ichki ishlar bo‘limi xodimi bo‘lganligi aniqlandi.

 

Firibgarlar bir fuqaroga "Eriyell" kompaniyasiga ishga kiritib qo‘yishini aytib, aldov yo‘li bilan 3000 AQSH dollari talab qilgan. Ular 1000 AQSH dollari olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

 

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168 va 211-moddalari bilan Jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Avvalroq Buxoroda soxta o‘t o‘chiruvchi va mo‘ri tozalovchilar qo‘lga olingani, sud soxta davlat xizmatchisi ishiga qonuniy baho bergani hamda soxta "Remdesevir" Samarqandda ushlangani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Soxta prokuratura xodimi va uning sherigi ushlandi