Ukrainada dunyodagi birinchi TikTok fakulteti ochildi
Ukrainadagi universitetda ilk marotaba ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini targ‘ib qiladigan fakultet ochildi.


Ukrainalik xonanda va tiktoker Mixail Poplavskiy Kiyev madaniyat va sanʼat universitetida TikTok fakultetini ochdi. U bu haqda o‘z internet sahifasida xabar berdi. Ushbu fakultet nafaqat Ukraina, balki dunyo bo‘yicha yagona hisoblanadi.
Poplavskiy bu tashabbusini quyidagicha izohladi:
“Kelajak ijtimoiy tarmoqlarga tegishli bo‘ladi, shu bois yoshlarni ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlashga o‘rgatish lozim. Fakultetda o‘qish universitetning barcha talabalari uchun bepul”.
Maʼlumot uchun, Mixail Poplavskiy 1993-2015 yillarda Kiyev madaniyat va sanʼat milliy universiteti rektori bo‘lgan.
Bundan avval Britaniyalik antiqa sayohatchi ijtimoiy sahifasida Afg‘onistonda qolib ketganligi, Misrda bloger qiz qamalishi haqida xabar qilingan edi.
Cho‘lponoy Ahmedova







