Jahon

Buyuk Britaniya o‘ziga zarar yetkazgan davlatlarga qarshi kiberhujumlar uyushtirishini maʼlum qildi

Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Ben Uolles “The Sunday Telegraph” nashriga bergan intervyusida aytgan.

Buyuk Britaniya o‘ziga zarar yetkazgan davlatlarga qarshi kiberhujumlar uyushtirishini maʼlum qildi

 

 

“Baʼzi davlatlar bizga qarshi har kuni kiberurush olib bormoqda. Xalqaro  meʼyorlarga ko‘ra,  biz o‘zimizni himoya qilish huquqiga egamiz. Biz  xavfli va zarar keltiruvchi kiberoperatsiyalardan o‘zimizni himoya qilamiz”, – degan Uolles Buyuk Britaniya milliy kibernetika kuchlari haqida gapirib. Bu yangi turdagi tuzilma bo‘lib, unda turli maxsus xizmatlar va mudofaa vazirligi xodimlari birlashgan. U 2020 yilning noyabrida tuzilgan edi. “The Sunday Telegraph” maʼlumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya milliy kibernetika kuchlari shtab-kvartirasi uchun 5 milliard funt-sterling sarflangan bo‘lib, unda minglab xaker va kiberxavfsizlik bo‘yicha ekspertlar xizmat qiladi.

 

Uolles kiberhujumlardan himoyalanish yo‘llaridan biri javob hujumlari ekanini taʼkidladi. Shuningdek, mudofaa vaziri yirik kiberhujumlarga misol keltirib o‘tdi. Masalan, 2017 yilda WannaCry virusi orqali Birlashgan qirollik milliy sog‘liqni saqlash tizimiga 92 million funt (125 million dollar) zarar yetkazilgan. London ushbu hodisaga javobgar sifatida Shimoliy Koreyani ko‘rsatgan.

 

Uolles kibermakon bugungi kunda yangi front, yangi jang maydoniga aylanganini alohida taʼkidlagan. “20 yildan keyin nima bo‘lishini bilmaymiz. Lekin bizga hozircha halokatli, yuqori darajadagi kiberhujum uyushtirilgani yo‘q”, — deya qo‘shimcha qilgan vazir.

 

Bundan avval AQSH, Buyuk Britaniya va Avstraliya kibermakonda hamkorlikni kengaytirishga kelishib olgani hamda London afg‘on qochqinlari uchun 40 million dollar ajratgani xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

custom img

Qirg‘iziston kosmosga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi uchirildi

Qirg‘iziston va BAA hamkorligida yaratilgan sun’iy yo‘ldosh ilk bor orbitaga chiqarildi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"