Jamiyat

Namanganda 35 million so‘mlik tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlagan ayollar aniqlandi

Qayd etilishicha, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1967-yilda tug‘ilgan fuqaro tuman ichki ishlar idorsiga shu yil 28-sentabr kuni soat 10:00 da yashash uyida hech kim yo‘qligidan foydalangan nomaʼlum shaxs hovlisiga ochiq qolgan darvozaxona orqali kirib, yotoqxonasidagi umumiy narxi 35 million so‘mlik tilla taqinchoqlarini o‘g‘irlab ketgani haqida murojaat qilgan.

Namanganda 35 million so‘mlik tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlagan ayollar aniqlandi

 

 

Yangiqo‘rg‘on tuman IIB JQB tezkor vakili va TB tergovchilari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi 1987, 1989, 1987 hamda 2007-yilda tug‘ilgan ayollar sodir etgani aniqlangan.

 

Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021-yil 29-sentabr kuni Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Аvvalroq Denovda pul o‘g‘irlagan fuqaro ushlangani va  buxorolik hamshira ayol xonadonga o‘g‘irlikka tushgani xabar qilingandi. Shu bilan birga, sharbat tayyorlash qurilmasi ichiga yashiringan tilla va zargarlik buyumlari fosh qilingani hamda Turkiyaga kelin bo‘lgan o‘zbek qizi tillalarni olib uyidan qochib ketgani haqida xabar qilingandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Namanganda 35 million so‘mlik tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlagan ayollar aniqlandi | Zamon.uz