Jamiyat

Oltiariqda fuqaroning “Nexia 3” rusumli avtoulovi xatlandi

Fuqaro kredit olib, to‘lovlarni o‘z vaqtida qaytarmagani uchun mashinasi xatlandi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi xabar tarqatgan.

Oltiariqda fuqaroning “Nexia 3” rusumli avtoulovi xatlandi

 

 

Unda aytilishicha, oltiariqlik fuqaro S.M. “Agrobank” tuman filialidan 35 million so‘m kredit olib, to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmagan. Bu esa ishning sudga oshirilishiga sabab bo‘lgan. 

 

Sud 35 million so‘m kreditni qarzdordan undirish bilan birga 1,5 million so‘m davlat bojini ham to‘lash majburiyatini yuklagan.

 

Qarzdor belgilangan talablarni bajarmagach, majburiy ijro jarayonida qarzdorga tegishli "Nexia 3" avtomashinasi xatlab qo‘yildi.

 

Avvalroq  qarzdorning “Trailblazer” avtomashinasi, shuningdek, Buxoroda qarzdorlarning mashinasi xatlangani hamda MIB tomonidan 742 ming 476 ta ijro hujjatining muddati buzilgan holda ijro etilgani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"