O'zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti AQSH delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 oktyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Uendi Sherman boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

O‘zbekiston Prezidenti AQSH delegatsiyasini qabul qildi

 

Uchrashuvda O‘zbekiston-AQSH strategik sherikligini yana-da rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

 

U endi Sherman davlatimiz rahbariga AQSH Prezidenti Jozef Bayden, vitse-prezidenti Kamala Xarris va Davlat kotibi Entoni Blinkenning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

 

Amerika tomoni mamlakatimizning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini, shuningdek, yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik yangilanishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturini qatʼiy qo‘llab-quvvatlashi alohida taʼkidlandi.

 

Tomonlar keyingi yillarda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik jadal surʼatda rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

 

Ikki mamlakat o‘rtasidagi Strategik sheriklik muloqotining joriy yil oxirigacha Vashington shahrida bo‘lib o‘tadigan birinchi yig‘ilishining kun tartibini puxta tayyorlash muhim ekani taʼkidlandi.

 

Siyosat va xavfsizlik, savdo, investitsiya va innovatsiyalar, qishloq xo‘jaligi, energetika, taʼlim, sog‘liqni saqlash, gumanitar almashinuvlar kabi ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdorlik bildirildi.

 

Pandemiyaga qarshi kurashishda, shu jumladan amaldagi global dastur doirasida mamlakatimizga vaksinalar yetkazib berish masalasida ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun Amerika tomoniga alohida minnatdorlik bildirildi.

 

Mintaqaviy, shu jumladan “AQSH – Markaziy Osiyo” muloqoti hamda Savdo va investitsiyalar bo‘yicha hadli bitim kengashi doirasidagi hamkorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Shuningdek, Afg‘onistonda vujudga kelayotgan vaziyat yuzasidan batafsil fikr almashildi. O‘zbekistonning afg‘on xalqiga ko‘maklashish hamda qo‘shni mamlakatda uzoq muddatli tinchlik o‘rnatilishi va uning iqtisodiy tiklanishiga xizmat qiladigan loyihalarni ilgari surish borasidagi saʼy-harakatlari yuksak baholandi.

 

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Jahon banki vitse-prezidenti Anna Byerde boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgandi.

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Firibgarlar kassalarda chipta qolmaganini aytib, yo‘lovchilarga ularni bir necha barobar qimmat narxda taklif qilmoqda.

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

Shuningdek, Fuqarolik aviatsiyasi agentligi ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilash taklif etilgan.

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryoning qurib borayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar paydo bo‘ldi.

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Qiz Turkiyaga o'qish bahonasida olib borilgan.

Metro panduslari nega ishlamayapti? Metropoliten izoh berdi

Metro panduslari nega ishlamayapti? Metropoliten izoh berdi

Elektron ko‘targichlar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga murojaatlar yuborilgan.

680 ming so‘m saqlab qolinadi: banklarning kredit pulini avtomatik yechishiga cheklov qo‘yiladi

680 ming so‘m saqlab qolinadi: banklarning kredit pulini avtomatik yechishiga cheklov qo‘yiladi

Banklar barcha kartalardagi jami qoldiq mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining yarmidan kamayib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.

Nikoh statistikasi: yarim yilda 694 nafar ayol 50 yoshdan keyin turmush qurdi

Nikoh statistikasi: yarim yilda 694 nafar ayol 50 yoshdan keyin turmush qurdi

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–iyun oylarida 92,3 mingta nikoh qayd etildi.

Toshkentda issiq suv 5 kunga o‘chiriladi: manzillar ma’lum qilindi

Toshkentda issiq suv 5 kunga o‘chiriladi: manzillar ma’lum qilindi

Bunga qozonxonalarda rejali profilaktika ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi.