O'zbekiston

O‘zbekistonga saraton kasalliklarini davolashda yordam beriladi

Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) saratonni davolash harakat dasturi (imPACT mission) doirasida O‘zbekistonga kompleks missiya yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Dunyo” AA mamlakatimizning Venadagi xalqaro tashkilotlardagi doimiy missiyasi manbasiga tayanib xabar bermoqda.

O‘zbekistonga saraton kasalliklarini davolashda yordam beriladi

 

 

Taʼkidlanishicha, imPACT vakolatxonalari AEXAga aʼzo davlatlarga saratonni davolash sohasida o‘z milliy salohiyatini baholash va bu sohadagi mavjud muammolarga samarali javob berish uchun ehtiyojlarni va ustuvor chora-tadbirlarni aniqlashga ko‘maklashadi.

 

Asosiy missiyaga tayyorgarlik ko‘rish uchun AEXA mutaxassislari 5-8 oktabr kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi. Tashrif doirasida respublika sog‘liqni saqlash vazirligining turli bo‘linmalarida muzokaralar o‘tkaziladi. JSSTning mamlakatimizdagi vakolatxonasi bilan bo‘lajak ekspert missiyasi masalalari muhokama qilinadi.

 

Islom taraqqiyot banki loyihasini amalga oshirish guruhi, shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati va Namanganviloyati filiallari faoliyati bilan tanishish ham ko‘zda tutilgan.

 

Maʼlumot uchun, O‘zbekiston delegatsiyasi sentabr oyining oxirida Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik bosh konferensiyasida ishtiroki doirasida AEXA bosh direktori Rafael Grossi bilan uchrashgan edi. Uchrashuvda O‘zbekiston onkologik kasalliklarni davolash dasturini ishlab chiqish bo‘yicha muvaffaqiyatli hamkorlikni yo‘lga qo‘ygani, uning doirasida AEXA ko‘magida Toshkent, Buxoro va Namangan shaharlaridagi klinikalarga zamonaviy uskunalar yetkazib berilgani eʼtirof etildi. Rafael Grossi Agentlik Islom taraqqiyot banki mablag‘larini respublikaga jalb etishni rejalashtirayotgani, bu boradagi hamkorlikni kengaytirish zarurligini qayd etgan edi.

 

Avvalroq O‘zbekistonda saratonni erta aniqlash amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi hamda spirtli ichimlik ichish saratonga olib kelishi aniqlangani haqida xabar berildi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.

Jizzaxda soliq qarzi sabab ikkita BYD xatlandi

Jizzaxda soliq qarzi sabab ikkita BYD xatlandi

Qarzdorlik bartaraf etilmagan taqdirda, mashinalar auksionda sotiladi.

Porshen va avtomobil ehtiyot qismlari orasidagi narkotiklar: ikki kishi ushlandi

Porshen va avtomobil ehtiyot qismlari orasidagi narkotiklar: ikki kishi ushlandi

Surxondaryoda narkotik moddalarni avtomobil ehtiyot qismlariga yashirib olib kirish va qabul qilib olish bilan bog‘liq holat fosh etildi.

Dorilarni retseptsiz olish tartibi o‘zgardi: yangi mezonlar belgilandi

Dorilarni retseptsiz olish tartibi o‘zgardi: yangi mezonlar belgilandi

Endi ikki yoki undan ortiq faol moddali dorilar ham retseptsiz sotiladigan toifaga kiritililadi.

Shvetsiya ish beruvchilari o‘zbekistonlik kadrlarga qiziqmoqda:  qaysi sohalarga talab bor?

Shvetsiya ish beruvchilari o‘zbekistonlik kadrlarga qiziqmoqda:  qaysi sohalarga talab bor?

Kadrlar yetishmayotgan shimoliy hududlarida o‘zbekistonlik kadrlarni tayyorlash va ishga jalb etish masalasi muhokama qilindi.

Zangiotada elektrdan qarzdorlik sabab mashinalar xatlandi

Zangiotada elektrdan qarzdorlik sabab mashinalar xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaroning tokdan 3 mlrd so‘mdan ziyod qarzi mavjud bo‘lgan.

Namanganda MIB fermerdan 670 mln qarzdorlik undirdi

Namanganda MIB fermerdan 670 mln qarzdorlik undirdi

Ijro hujjatiga ko‘ra, fermer xo‘jaligidan elektr taʼminotchi korxonasi foydasiga 670 mln so‘m undirish belgilangan.

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka qarshi yangi talab: ish beruvchilar mas’ul bo‘ladi

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka qarshi yangi talab: ish beruvchilar mas’ul bo‘ladi

O‘zbekistonda shahvoniy shilqimlik tushunchasiga qonuniy ta’rif berildi va ish beruvchilarning bu boradagi majburiyatlari belgilandi.