Huquqbuzarlik sodir etgan shaxs yetkazilgan zararni qoplab, jabrlanuvchi bilan yarashsa, javobgarlikdan ozod etilishi mumkin
Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida qonun qabul qilindi.


Qonunchilikka Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yarashilganlik munosabati bilan maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish instituti kiritildi.
Унга кўра,
Kodeksning bir qator moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxs — agar u o‘z aybiga iqror bo‘lsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa — maʼmuriy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.
Maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) taraflarning yarashuvi munosabati bilan ishni sudga yuborish to‘g‘risida qaror chiqaradi. So‘ng maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish haqidagi masalani hal etish uchun ish materiallarini sudga yuboradi.
Jabrlanuvchi yoxud uning qonuniy vakili yarashuv to‘g‘risidagi arizani ish vakolatli organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan ko‘rib chiqilishi vaqtida, shuningdek, sud muhokamasining istalgan bosqichida, ammo sud qaror chiqarguniga qadar berishi mumkin.
Agar ish bo‘yicha bir necha jabrlanuvchi bo‘lsa, faqat barcha jabrlanuvchilar bilan yarashuvga erishilgan taqdirda, yarashuv to‘g‘risidagi ishni yuritish mumkin.
Yarashuv to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud muhokamasi ish sudga kelgan paytdan eʼtiboran 3 kundan kechiktirmay o‘tkaziladi.
Huquqbuzarlikni bir yil ichida takroran sodir etgan shaxs tomonlarning yarashuvi munosabati bilan maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilinmaydi.
Avvalroq fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilgani, mualliflik huquqining amal qilish muddati o‘zgartirilishi, O‘zbekistonda “prava”siz mashina haydashga va rulda telefondan foydalanishga ruxsat berilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Shuningdek, ayrim huquqbuzarliklar bo‘yicha jarimalar miqdori kamaytirilishi bo‘yicha maʼlumot berilgandi.
Bahriniso Madumarova







