Tuyani urib yuborgan “Spark” “Damas” bilan to‘qnashdi
Joriy yilning 3-oktabr kuni soat taxminan 21:00 larda Navbahor tumani hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida “Spark” va “Damas” ishtirokida yo‘l transport hodisasi yuz berdi.

Bu haqda YHXBB maʼlum qildi.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra “Spark” rusumli transport vositasi Navoiy — Nurota yo‘nalishi bo‘yicha jarlikdan pastga qarab harakatlanib kelayotgan vaqtda tuyani urib yuborgan. Oqibatda, boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan “Damas” rusumli transport vositasiga borib urilgan. Haydovchilar turli tan jarohatlar bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Toshkentda yuz bergan YTH da 10-sinf o‘quvchisi vafot etgani hamda Sirdaryoda sodir bo‘lgan dahshatli YTH oqibatida haydovchi voqea joyida halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







