Eng dolzarb

Andijonda bir oyda 23 ta oila yarashtirilgani maʼlum bo‘ldi

Oila shunday qo'rg'onki, u yerda yaxshilik, diniy qadriyatlar ulug‘lanadi. Ertamiz egalarining kamol topishi uchun esa barcha shart-sharoitlar muhayyo qilinadi. Oilada farzandlar tug‘ilgach, oila yana-da mustahkamlanadi. So‘nggi paytlarda arzimagan sabablar uchun oilaviy ajrimlar ko‘payib bormoqda.

Andijonda bir oyda 23 ta oila yarashtirilgani maʼlum bo‘ldi

 

Statistikaga nazar tashlaydigan bo‘lsak, O‘zbekistonda 2021 yilning birinchi yarmida oilaviy ajrimlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 34 foizga ortdi. Yil boshidan beri qariyb 20 mingta oila ajrashib ketdi. Eng ko‘p ajrashishlar Toshkent shahrida ro‘y bermoqda.

 

Taqqoslaydigan bo‘lsak, bu ko‘rsatkich 2020-yilning mos davrida 12,8 mingta yoki 2019-yilning shu davrida 16 mingtani tashkil qilgan.

 

Statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, respublika bo‘yicha ajrimlar soni joriy yilning dastlabki 6 oyi davomida 2020-yilga nisbatan 34 foizga, 2019-yilga nisbatan esa 17 foizga ko‘paygan. 

 

Yanvar-mart oylarida hududlar kesimida eng ko‘p ajrimlar soni Toshkent shahri (2830ta), Farg‘ona (2111ta), Samarqand (2041ta) va Toshkent (2018ta) viloyatlarida kuzatilgan.

 

2021-yil yanvar-mart oylarida eng kam nikohdan ajrashish holatlari Jizzax (620ta), Navoiy (645ta) va Sirdaryo (662ta) viloyatlarida qayd qilingan. Avgust oyida 3 286 ta ajrim holatlari qayd etilgan. Bu o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 899 taga ko‘p, degani.

 

Majburiy ijro byurosi axborot хизмати Zamon.uz'ga taqdim etgan maʼlumotlariga ko‘ra, Andijon viloyati Baliqchi tumanida sentabr oyida 23 ta oila yarashtirildi.


Xususan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudining 2019-yil 18 iyundagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor B.T.dan undiruvchi G.M. foydasiga 1/4 qism miqdorida aliment undirish belgilangan. Qarzdor va undiruvchi bilan olib borilgan profilaktik suhbatlar va tushuntirish ishlari natijasida oilani tiklashga erishilgan. 


Qayd etilishicha, tumanlararo sudning 2020-yil 5 noyabrdagi ijro varaqasiga asosan qarzdor A.T.dan undiruvchi M.X. foydasiga bir nafar farzandi taʼminoti uchun 1/4 qism miqdorida aliment undirish belgilangan. Bo‘lim xodimlari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor va undiruvchi yarashtirilgan.


Shuningdek, sudning yana bir 2010-yil 11 noyabrdagi ijro varaqasiga asosan qarzdor B.A.dan undiruvchi M.A. foydasiga farzandi taʼminoti uchun 1/2 qism miqdorida aliment undirish belgilangan. Lekin qarzdor va undiruvchi kelishtirilgan. Oila tiklangani sababli ijro hujjati tamomlangan.

 

Eslatib o‘tamiz, Zamon.uz sayti jamoasi tomonidan ajrimga qanday holatlar sabab bo‘lishi mumkinligi yuzasidan aholimizning fikri o‘rganilgandi. 

 

Avvalroq avgust oyida qancha oila ajrashgani, Jizzaxda MIB aralashuvi bilan yana bir oila yarashtirilgani, Qarzdor ota aliment to‘lovi o‘rniga farzandlariga uy bergani hamda Ombudsman aralashuvidan so‘ng 40 million so‘mga yaqin ish haqlari to‘lab berilgani haqida xabar berilgandi.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"