Jahon

Moskva viloyatida “Nurchilar” ekstremistik tashkiloti faoliyatiga chek qo‘yildi

Rossiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari Moskva viloyatida “Nurchilar” ekstremistik tashkiloti faoliyatiga chek qo‘ydi. Bu haqda Rossiya IIV maʼlumotlariga tayanib “TASS” xabar berdi.

Moskva viloyatida “Nurchilar” ekstremistik tashkiloti faoliyatiga chek qo‘yildi

 

 

“Moskva viloyati hududida “Nurchilar” ekstremistik tashkilotining yashirin boshlang‘ich bo‘lagining boshqaruv markazi faoliyatiga chek qo‘yildi. Qo‘lga kiritilgan maʼlumotlarga ko‘ra, ushbu tashkilot rahbariyati Rossiyada ko‘p tarmoqli tizimni yo‘lga qo‘yishga harakat qilgan. Shu maqsadda ular yangi aʼzolarni jalb qilgan.  Unga aʼzo bo‘lganlarning aksariyati Moskva shahridagi talabalardan iborat bo‘lgan”, – deyiladi RF ichki ishlar vazirligi xabarida.

 

Talabalar  chet elda tayyorgarlikdan o‘tish maqsadida tanlab olingan. Rossiya Ichki ishlar vazirligi va Federal xavfsizlik xizmati vakillarining qo‘shma tadbiri davomida “Nurchilar” mafkurasi targ‘ib qilingan 250 ta material topilgan.

 

Rossiya Tergov Qo‘mitasining Moskva bo‘linmasining maʼlum qilishicha, holat bo‘yicha RF Jinoyat kodeksining 282.2 moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Bundan avval Toshkent viloyatida ekstremistik faoliyat bilan shug‘ullanib kelgan 27 kishi qo‘lga olingani hamda Moskvada “Xizb ut-tahrir” aʼzolari faoliyatiga chek qo‘yilgani xabar qilingandi.

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Ukraina Telegram kanallari hujum nishoni «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini va u yerda yong‘in chiqqanini xabar qilmoqda.

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Bu xavfsizlikka tahdidlar kuchaygani haqidagi ogohlantirishlar fonida amalga oshirilgan.

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Mutaxassislar epidemiya noyabr oyida ham davom etishi, vaziyat dekabrgacha ham yaxshilanmasligini prognoz qilmoqda.

Moskvaga tahdid bo'lishi mumkin: AQSh elchixonasi fuqarolarini ogohlantirdi

Moskvaga tahdid bo'lishi mumkin: AQSh elchixonasi fuqarolarini ogohlantirdi

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Moskvada terakt tayyorlanayotgani haqida xabar berilganini tasdiqladi.

AQSH Ukrainaga Patriot raketalarini sotadi: shartnoma qiymati 2,1 mlrd dollar

AQSH Ukrainaga Patriot raketalarini sotadi: shartnoma qiymati 2,1 mlrd dollar

Suriyada suv toshqinlari: 7 kishi halok bo'ldi

Suriyada suv toshqinlari: 7 kishi halok bo'ldi

Kuchli yomg‘ir mamlakatda ko‘priklar va transport infratuzilmasiga zarar yetkazgan.

Yangi COVID-19 shtammi bir nechta qit’aga tarqaldi: JSST xavf ortayotganidan ogohlantirdi

Yangi COVID-19 shtammi bir nechta qit’aga tarqaldi: JSST xavf ortayotganidan ogohlantirdi

Yangi koronavirus shtammi Kanada, AQSh va Yevropada aniqlangan.

Qisqa muddatli viza bilan borib, mamlakatda qolib ketdi: o‘zbekistonlik Yaponiyadan chiqarib yuborildi

Qisqa muddatli viza bilan borib, mamlakatda qolib ketdi: o‘zbekistonlik Yaponiyadan chiqarib yuborildi

Elchixonasi fuqarolarni mamlakatda noqonuniy yashash va ishlashdan, shuningdek, shubhali ish takliflariga ishonishdan ogohlantirdi.