Jahon

Moskvaga tahdid bo'lishi mumkin: AQSh elchixonasi fuqarolarini ogohlantirdi

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Moskvada terakt tayyorlanayotgani haqida xabar berilganini tasdiqladi.

Moskvaga tahdid bo'lishi mumkin: AQSh elchixonasi fuqarolarini ogohlantirdi

AQShning Moskvadagi elchixonasi 31-oktyabr kuni «Saritsino» davlat muzey-qo‘riqxonasi hududida ko‘plab insonlarning o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan hodisa yuz berishi xavfi haqida ogohlantirdi. Elchixona AQSh hukumati Rossiya tomoni bilan javob choralarini muvofiqlashtirayotganini bildirdi.

 

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) Amerika tomoni Rossiya maxsus xizmatlariga Moskvada terakt tayyorlanayotgani haqida xabar berganini tasdiqladi. Idora bu bo‘yicha tegishli ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi, deya yozdi TASS.

 

Elchixona ogohlantirishida tahdid Dolskaya ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan «Saritsino» muzey-qo‘riqxonasi hududiga taalluqli ekani aytilgan. Biroq ehtimoliy hodisaning xususiyati va tahdid manbasi ochiqlanmagan.

 

AQSh elchixonasi o‘z fuqarolariga 31-oktyabr kuni muzeyga bormaslik, odamlar gavjum joylardan chetda bo‘lish, hushyorlikni saqlash va mahalliy OAV xabarlarini kuzatib borishni tavsiya qilgan. Shuningdek, telefonlarni quvvatlangan holda saqlash va yonida shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni olib yurish tavsiya etilgan.

 

«Vajniye istorii» nashrining yozishicha, shu kuni «Saritsino»da soat 17:00 da Xlebniy domda, 18:00 da esa Bajenov zalida konsertlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.

 

«Fontanka» nashri muzey-qo‘riqxonaning yagona telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, tahdid haqidagi ma’lumot yuzasidan izoh so‘ragan. Nashrga muzey odatdagi tartibda ishlayotgani aytilgan.

 

Biroq «Ostorojno Media» jurnalisti xabariga ko‘ra, keyinchalik muzey-qo‘riqxona texnik sabablarga ko‘ra yopilgan. Hududga politsiya xodimlari yetib kelgan, kirish joyi berkitilgan. Jurnalistning qayd etishicha, hududda vaziyat tinch, tashrif buyuruvchilar esa kam bo‘lgan.

 

Ma’lumot uchun, 2024-yil mart oyida «Krokus Siti Holl» majmuasida sodir etilgan teraktdan oldin ham AQSh elchixonasi Moskvadagi ommaviy tadbirlarga, jumladan, konsertlarga hujum uyushtirilishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi. 

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Mutaxassislar epidemiya noyabr oyida ham davom etishi, vaziyat dekabrgacha ham yaxshilanmasligini prognoz qilmoqda.

AQSH Ukrainaga Patriot raketalarini sotadi: shartnoma qiymati 2,1 mlrd dollar

AQSH Ukrainaga Patriot raketalarini sotadi: shartnoma qiymati 2,1 mlrd dollar

Suriyada suv toshqinlari: 7 kishi halok bo'ldi

Suriyada suv toshqinlari: 7 kishi halok bo'ldi

Kuchli yomg‘ir mamlakatda ko‘priklar va transport infratuzilmasiga zarar yetkazgan.

Yangi COVID-19 shtammi bir nechta qit’aga tarqaldi: JSST xavf ortayotganidan ogohlantirdi

Yangi COVID-19 shtammi bir nechta qit’aga tarqaldi: JSST xavf ortayotganidan ogohlantirdi

Yangi koronavirus shtammi Kanada, AQSh va Yevropada aniqlangan.

Qisqa muddatli viza bilan borib, mamlakatda qolib ketdi: o‘zbekistonlik Yaponiyadan chiqarib yuborildi

Qisqa muddatli viza bilan borib, mamlakatda qolib ketdi: o‘zbekistonlik Yaponiyadan chiqarib yuborildi

Elchixonasi fuqarolarni mamlakatda noqonuniy yashash va ishlashdan, shuningdek, shubhali ish takliflariga ishonishdan ogohlantirdi.

AQSh Eronga qarshi zarbalarni 4-noyabr kuni qayta boshlashi mumkin — MS NOW

AQSh Eronga qarshi zarbalarni 4-noyabr kuni qayta boshlashi mumkin — MS NOW

Vashington Fors ko‘rfazidagi bir nechta davlatni ehtimoliy hujumlarga tayyorgarlik ko‘rish haqida ogohlantirgan.

Lavrov bilan suratga tushishdan bosh tortishdi: G20 uchrashuvida jamoaviy fotosessiya bekor qilindi

Lavrov bilan suratga tushishdan bosh tortishdi: G20 uchrashuvida jamoaviy fotosessiya bekor qilindi

G20 uchrashuvida bir nechta rasmiylar Rossiya tashqi ishlar vaziri bilan suratga tushishni istamadi.

Xavfsizlik tahdidi kuchaydi: AQSh ayrim davlat xizmatchilariga Saudiya Arabistonini tark etishni buyurdi

Xavfsizlik tahdidi kuchaydi: AQSh ayrim davlat xizmatchilariga Saudiya Arabistonini tark etishni buyurdi

Elchixona bunga husiylarning fuqarolik aeroportlari va muhim infratuzilmaga hujumlarini sabab qilib ko‘rsatgan.