Jahon

Suriyada suv toshqinlari: 7 kishi halok bo'ldi

Kuchli yomg‘ir mamlakatda ko‘priklar va transport infratuzilmasiga zarar yetkazgan.

Suriyada suv toshqinlari: 7 kishi halok bo'ldi

 

Suriyada kuchli yog‘ingarchilik oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari yetti kishining, jumladan, besh nafar bolaning hayotiga zomin bo‘ldi. Yana yetti kishi jarohatlangan, to‘rt kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlarni bartaraf etish vaziri Raed as-Saleh ma’lum qildi.

 

Tabiiy ofat 27-oktyabr kuni boshlangan va Raqqa, Deyr-az-Zor, Xasaka, Halab hamda boshqa hududlarga tarqalgan. Kuchli yomg‘ir va shamol transport infratuzilmasiga zarar yetkazib, bir nechta ko‘prik va suv o‘tkazgichlarning qulashiga sabab bo‘lgan.

 

Qutqaruv guruhlari so‘nggi 24 soat ichida 550 dan ortiq favqulodda chaqiruvga javob bergan. Suv toshqini xavfi tufayli o‘nlab oilalar, shuningdek, maktablardan yuzlab o‘quvchilar xavfsiz joylarga ko‘chirilgan. Raqqa viloyatidagi qochqinlar lagerlaridan ham yuzlab oilalar evakuatsiya qilingan.

 

Suriya rasmiylari hozirda suv bosgan uylar, maktablar va shifoxonalardan suvni chiqarish hamda zarar ko‘rgan hududlarda hayotni tiklash ishlarini olib bormoqda. Qutqaruvchilar bedarak yo‘qolgan to‘rt kishini qidirishni davom ettirmoqda.

Yangi COVID-19 shtammi bir nechta qit’aga tarqaldi: JSST xavf ortayotganidan ogohlantirdi

Yangi COVID-19 shtammi bir nechta qit’aga tarqaldi: JSST xavf ortayotganidan ogohlantirdi

Yangi koronavirus shtammi Kanada, AQSh va Yevropada aniqlangan.

Qisqa muddatli viza bilan borib, mamlakatda qolib ketdi: o‘zbekistonlik Yaponiyadan chiqarib yuborildi

Qisqa muddatli viza bilan borib, mamlakatda qolib ketdi: o‘zbekistonlik Yaponiyadan chiqarib yuborildi

Elchixonasi fuqarolarni mamlakatda noqonuniy yashash va ishlashdan, shuningdek, shubhali ish takliflariga ishonishdan ogohlantirdi.

AQSh Eronga qarshi zarbalarni 4-noyabr kuni qayta boshlashi mumkin — MS NOW

AQSh Eronga qarshi zarbalarni 4-noyabr kuni qayta boshlashi mumkin — MS NOW

Vashington Fors ko‘rfazidagi bir nechta davlatni ehtimoliy hujumlarga tayyorgarlik ko‘rish haqida ogohlantirgan.

Lavrov bilan suratga tushishdan bosh tortishdi: G20 uchrashuvida jamoaviy fotosessiya bekor qilindi

Lavrov bilan suratga tushishdan bosh tortishdi: G20 uchrashuvida jamoaviy fotosessiya bekor qilindi

G20 uchrashuvida bir nechta rasmiylar Rossiya tashqi ishlar vaziri bilan suratga tushishni istamadi.

Xavfsizlik tahdidi kuchaydi: AQSh ayrim davlat xizmatchilariga Saudiya Arabistonini tark etishni buyurdi

Xavfsizlik tahdidi kuchaydi: AQSh ayrim davlat xizmatchilariga Saudiya Arabistonini tark etishni buyurdi

Elchixona bunga husiylarning fuqarolik aeroportlari va muhim infratuzilmaga hujumlarini sabab qilib ko‘rsatgan.

AQSh Ukrainaga 500 ta Patriot raketasini sotishga ruxsat berdi: bitim 2,1 mlrd dollarga baholanmoqda

AQSh Ukrainaga 500 ta Patriot raketasini sotishga ruxsat berdi: bitim 2,1 mlrd dollarga baholanmoqda

Kelishuv Kanada, Norvegiya va Germaniya tomonidan moliyalashtiriladi.

Green Card bo‘yicha yangi qaror: ro‘yxatdan o‘tishni qayta boshlash vaqtincha to‘xtatildi

Green Card bo‘yicha yangi qaror: ro‘yxatdan o‘tishni qayta boshlash vaqtincha to‘xtatildi

Viza dasturi uchun ro‘yxatdan o‘tish muddati hozircha noma’lumligicha qolmoqda.

Germaniya va Ukraina jangovar robot ishlab chiqdi: u frontda harbiylar o‘rniga jang qilishi mumkin

Germaniya va Ukraina jangovar robot ishlab chiqdi: u frontda harbiylar o‘rniga jang qilishi mumkin

Texnikaning dastlabki namunalari yil oxirigacha Ukraina armiyasiga yetkazilishi rejalashtirilgan.