Jahon

AQSH Ukrainaga Patriot raketalarini sotadi: shartnoma qiymati 2,1 mlrd dollar

AQSH Ukrainaga Patriot raketalarini sotadi: shartnoma qiymati 2,1 mlrd dollar

AQSH Davlat departamenti Ukrainaga 500 dona Patriot PAC-3 raketasini 2,1 milliard dollarga sotishni ma’qulladi. Biroq raketalar Kiyevga 2030-yillarning dastlabki yillaridagina yetkazib berilishi kutilmoqda.

 

Reuters xabariga ko‘ra, bu Donald Trampning ikkinchi prezidentlik muddati boshlanganidan buyon Ukrainani mudofaa qurollari bilan ta’minlash borasidagi muhim qadamlardan biri bo‘lishi mumkin.

 

Ukraina Rossiya tomonidan uchirilayotgan ballistik raketalarni urib tushirish uchun qo‘shimcha Patriot raketalariga ehtiyoj sezmoqda. Prezident Volodimir Zelenskiy avvalroq AQSHning muhim raketa yetkazib berish bo‘yicha qarorini qariyb bir oydan beri kutayotganini bildirgan edi.

 

Biroq qurol-yarog‘ yetkazib berish shartnomalari odatda bir necha yil davom etadi. AQSH qaroridan xabardor manbalarga ko‘ra, hali ishlab chiqarilmagan raketalar Ukrainaga 2030-yillarning boshlarida yetib borishi mumkin. Ukraina Mudofaa vazirligi esa yetkazib berish muddatini tezlashtirish uchun Pentagon bilan muzokara olib bormoqda. Xususan, AQSH arsenalidagi mavjud raketalarni vaqtincha Ukrainaga berish va keyinchalik ularning o‘rnini yangi ishlab chiqarilganlari bilan to‘ldirish varianti ham ko‘rib chiqilmoqda.

 

Raketalar xaridi Kanada, Germaniya va Norvegiyaning JUMPSTART dasturi orqali ajratadigan mablag‘lari hamda Yevropa Ittifoqining Ukrainani qo‘llab-quvvatlash krediti hisobidan moliyalashtiriladi.

 

Ma’lumot uchun, Patriot tizimi tez harakatlanuvchi ballistik raketalarga qarshi qo‘llanadigan eng samarali mudofaa vositalaridan biri hisoblanadi. Raketalarning asosiy ishlab chiqaruvchisi Lockheed Martin kompaniyasidir.

 

Avvalroq, iyul oyida AQSH armiyasi ushbu kompaniya bilan Patriot raketalarini ishlab chiqarish bo‘yicha qiymati 58,6 milliard dollargacha bo‘lgan shartnoma tuzgan edi. Kelishuvga ko‘ra, 2030-yil oxirigacha PAC-3 MSE raketalarini ishlab chiqarish quvvatini uch baravar oshirish rejalashtirilgan.

Moskvaga tahdid bo'lishi mumkin: AQSh elchixonasi fuqarolarini ogohlantirdi

Moskvaga tahdid bo'lishi mumkin: AQSh elchixonasi fuqarolarini ogohlantirdi

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Moskvada terakt tayyorlanayotgani haqida xabar berilganini tasdiqladi.

Suriyada suv toshqinlari: 7 kishi halok bo'ldi

Suriyada suv toshqinlari: 7 kishi halok bo'ldi

Kuchli yomg‘ir mamlakatda ko‘priklar va transport infratuzilmasiga zarar yetkazgan.

Yangi COVID-19 shtammi bir nechta qit’aga tarqaldi: JSST xavf ortayotganidan ogohlantirdi

Yangi COVID-19 shtammi bir nechta qit’aga tarqaldi: JSST xavf ortayotganidan ogohlantirdi

Yangi koronavirus shtammi Kanada, AQSh va Yevropada aniqlangan.

Qisqa muddatli viza bilan borib, mamlakatda qolib ketdi: o‘zbekistonlik Yaponiyadan chiqarib yuborildi

Qisqa muddatli viza bilan borib, mamlakatda qolib ketdi: o‘zbekistonlik Yaponiyadan chiqarib yuborildi

Elchixonasi fuqarolarni mamlakatda noqonuniy yashash va ishlashdan, shuningdek, shubhali ish takliflariga ishonishdan ogohlantirdi.

AQSh Eronga qarshi zarbalarni 4-noyabr kuni qayta boshlashi mumkin — MS NOW

AQSh Eronga qarshi zarbalarni 4-noyabr kuni qayta boshlashi mumkin — MS NOW

Vashington Fors ko‘rfazidagi bir nechta davlatni ehtimoliy hujumlarga tayyorgarlik ko‘rish haqida ogohlantirgan.

Lavrov bilan suratga tushishdan bosh tortishdi: G20 uchrashuvida jamoaviy fotosessiya bekor qilindi

Lavrov bilan suratga tushishdan bosh tortishdi: G20 uchrashuvida jamoaviy fotosessiya bekor qilindi

G20 uchrashuvida bir nechta rasmiylar Rossiya tashqi ishlar vaziri bilan suratga tushishni istamadi.

Xavfsizlik tahdidi kuchaydi: AQSh ayrim davlat xizmatchilariga Saudiya Arabistonini tark etishni buyurdi

Xavfsizlik tahdidi kuchaydi: AQSh ayrim davlat xizmatchilariga Saudiya Arabistonini tark etishni buyurdi

Elchixona bunga husiylarning fuqarolik aeroportlari va muhim infratuzilmaga hujumlarini sabab qilib ko‘rsatgan.

AQSh Ukrainaga 500 ta Patriot raketasini sotishga ruxsat berdi: bitim 2,1 mlrd dollarga baholanmoqda

AQSh Ukrainaga 500 ta Patriot raketasini sotishga ruxsat berdi: bitim 2,1 mlrd dollarga baholanmoqda

Kelishuv Kanada, Norvegiya va Germaniya tomonidan moliyalashtiriladi.