Sport

Sambochilarimiz Tataristondan uchta medal bilan qaytdi

Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida o‘tkazilgan sambo bo‘yicha “Tatariston Respublikasi Prezidenti kubogi” xalqaro turnirida sambochilarimiz uchta medalni qo‘lga kiritib, yurtimizga qaytib keldi.

Sambochilarimiz Tataristondan uchta medal bilan qaytdi

 

To‘rtinchi marotaba tashkil etilgan mazkur musobaqada dunyoning 15 ta mamlakatidan 207 nafar sportchi medallar uchun kurash olib bordi. Quvonarlisi, xalqaro turnir yakuniga ko‘ra, uch nafar sambochimiz sovrindorlar safidan joy oldi.

 

Musobaqada -79 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Firdavs Xojimamatov finalgacha yetib bordi va kumush medal sohibi bo‘ldi. -98 kg vaznli sambochimiz Neʼmat Yoqubov ham turnirning kumush medalini qo‘lga kiritdi.  Jangovar sambo bahslarida esa -71 kg vazn toifasida qatnashgan yana bir hamyurtimiz Sanʼat Ismanov jamoamizga bronza medalini taqdim etdi.

 

Avvalroq dzyudo bo‘yicha sportchilarimiz 5 ta medalni qo‘lga kiritgani va bokschi qizlarimiz Bolgariyadagi xalqaro turnirga yo‘l olgani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

custom img

Isroil boykot qilindi: Pokiston Isroilga qarshi doskaga chiqmadi

Samarqandda o‘tayotgan 46-FIDE Jahon shaxmat Olimpiadasining birinchi turida Pokiston shaxmat federatsiyasi shaxmatchilarini Isroilga qarshi o‘ynatmadi.

custom img

135 ta tegish va 95 foiz aniqlik: Abduqodir Xusanovning “Norvich”ga qarshi o‘yini qanday o‘tdi?

Sofascore o‘zbekistonlik futbolchi o‘yinini 7,6 ballga baholadi.

custom img

6 ta jamoa, 6 ta g‘alaba: O‘zbekiston shaxmat Olimpiadasini muvaffaqiyatli boshladi

O‘zbekistonning erkaklar jamoalari Yamayka, Afg‘oniston va Mali ustidan, ayollar jamoalari esa Trinidad va Tobago, Togo hamda Tanzaniya ustidan g‘alaba qozondi.

custom img

O‘zbek himoyachisi: Behruz Karimov Shveytsariyadagi ilk golini urdi

“Lugano” qoldirilgan tur uchrashuvida “Sankt-Gallen”ni 4:1 hisobida mag‘lub etib, turnir jadvalidagi peshqadamligini saqlab qoldi. Bellashuvda O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Behruz Karimov ham gol urdi.

custom img

Javohir Sindarov dunyoning 2-raqamli shaxmatchisiga aylandi

O‘zbekistonlik grossmeyster tezkor shaxmat reytingida birdaniga to‘rt pog‘ona yuqorilab, 2742,6 ochko bilan ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

custom img

Messi Ispaniyaning “Eldense” klubini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Argentinalik futbol yulduzi Ispaniya professional futbolidagi investitsiyalarini kengaytirmoqda.

custom img

Sindorov — Karlsen: bugun shaxmat olamida katta to‘qnashuv

Sindorov yetakchiligidagi “FYERS American Gambits” jamoasi bugun Magnus Karlsen sardorligidagi “Alpine APL Pipers”ga qarshi bahs olib boradi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"