Siyosat

Shavkat Mirziyoyev sirdaryolik saylovchilar bilan uchrashdi

O‘zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo tumanidagi sanoat zonasida partiya faollari, yoshlar va OAV vakillari bilan uchrashdi.

Shavkat Mirziyoyev sirdaryolik saylovchilar bilan uchrashdi

 

 

Prezidentlikka nomzodning viloyatdagi ishonchli vakili Pokiza Ahmadjonova tadbirni ochib berdi va viloyatdagi so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar, xususan Sardoba fojiasining oqibatlarini bartaraf etishdagi saʼy-harakatlari haqida eslab o‘tdi. 

 

“2023-yil Sirdaryoga 60 yil to‘ladi. Men bu zaminga yaqin joyda tug‘ilganman va Sirdaryoni juda yaxshi bilan. Islohotlarimizga befarq bo‘lmagan, Yangi O‘zbekiston qurish niyatida bo‘lgan insonlarni ko‘rib turganimdan juda xursandman. Bizning mustaqilligimizga 30 yil bo‘ldi, lekin davlatchilik tariximiz 3 ming yillik. Bobolarimizga munosib bo‘lishimiz eng katta yutuq.

Sirdaryo cho‘llari menga yaxshi tanish, talabaligimizda bizni bu yerlarga 3-4 oylab paxtaga tashlab ketardi. Yaqin o‘tmishni eslaylik, bunday yig‘ilishlar o‘tkaza olarmidik? O‘tkazsak ham xayolimiz paxtada, “pripiska”da bo‘lardi. Mana, o‘zingiz ko‘rib turibsiz, Sirdaryoga ham sanoat kirib kelmoqda. Xalqimizda bir ibora paydo bo‘ldi – qilsa bo‘lar ekanku! Hozir zamon o‘zgaryapti, yoshlar, talablar o‘zgaryapti. Agar biz tezkor harakat qilmasak, orqada qolib ketamiz. Albatta, yutuqlar o‘zimizniki. Men sizlar bilan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha muloqot qilgani keldim”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Avvalroq davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida bo‘lishi haqida xabar berilgandi.  

Shavkat Mirziyoyev “Eldridge Industries” kompaniyasi bosh direktorini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev “Eldridge Industries” kompaniyasi bosh direktorini qabul qildi

O‘zbekiston va AQShning ushbu kompaniyasi ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib oldi.

Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” rahbarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” rahbarini qabul qildi

Uchrashuvda O‘zbekistondagi ilk integratsiyalashgan AES qurilishi, mutaxassislar tayyorlash va atomchilar shaharchasini barpo etish masalalari muhokama qilindi.

JSSTdan xalqaro e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva nufuzli mukofot bilan taqdirlandi

JSSTdan xalqaro e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva nufuzli mukofot bilan taqdirlandi

JSST Bosh direktori bolalar onkologiyasi sohasidagi yetakchiligi va bolalar salomatligini himoya qilishga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston Birinchi xonimiga xalqaro mukofotni topshirdi.

Saida Mirziyoyeva Oguljahon Atabayeva va Laylo Aliyeva bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Oguljahon Atabayeva va Laylo Aliyeva bilan uchrashdi

Ashxoboddagi muloqotda O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro ishonch hamda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

“Biznes aniq qoidalar va ochiq eshiklar bor joyga intiladi” — Saida Mirziyoyeva

“Biznes aniq qoidalar va ochiq eshiklar bor joyga intiladi” — Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari O‘zbekiston har bir Amerika kompaniyasi bilan bevosita muloqot o‘rnatishni rejalashtirayotganini bildirdi.

Janett Rubio Samarqandning tarixi va milliy hunarmandchiligi bilan tanishdi

Janett Rubio Samarqandning tarixi va milliy hunarmandchiligi bilan tanishdi

Unga Saida Mirziyoyeva hamrohlik qildi.

“Samarqand global savdo chorrahasi” — Rubio

“Samarqand global savdo chorrahasi” — Rubio

AQSh Davlat kotibining aytishicha, yuzlab Amerika kompaniyalari O‘zbekistonga uzoq muddatli hamkorlik uchun kelgan.

“AQSH Davlat kotibining ilk tashrifi Samarqandda o‘tayotgani ramziy ma’noga ega” — Saida Mirziyoyeva

“AQSH Davlat kotibining ilk tashrifi Samarqandda o‘tayotgani ramziy ma’noga ega” — Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva va Marko Rubio Samarqanddagi Registon maydoniga tashrif buyurdi.