“AQSH Davlat kotibining ilk tashrifi Samarqandda o‘tayotgani ramziy ma’noga ega” — Saida Mirziyoyeva
Saida Mirziyoyeva va Marko Rubio Samarqanddagi Registon maydoniga tashrif buyurdi.

Saida Mirziyoyeva AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan Samarqanddagi mashhur Registon maydonida bo‘ldi.
Jurnalistlar bilan muloqotda Marko Rubio Samarqand ko‘p asrlar davomida xalqaro savdo aloqalarining muhim markazi bo‘lib kelganini ta’kidladi. Bugun esa ushbu zaminda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochilmoqda.
AQSh Davlat kotibining O‘zbekistonga ilk tashrifi aynan Samarqanddan boshlangani o‘ziga xos ramziy ma’noga ega ekani qayd etildi.








