Jahon

“Yana nomzodimni qo‘yish huquqiga egaman” — Tramp

AQSh prezidenti 2020-yilgi saylovlar soxtalashtirilganini da’vo qilib, uchinchi muddatga nomzodini qo‘yish huquqi borligini aytdi.

“Yana nomzodimni qo‘yish huquqiga egaman” — Tramp

 

Donald Tramp Ayova shtatida tarafdorlari bilan uchrashuvda uchinchi muddatga prezidentlikka nomzodini qo‘yish masalasi haqida gapirdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

 

Tramp o‘z nutqida qonunchilik unga yana nomzod bo‘lishga ruxsat bermasligini aytgan. Uning ta’kidlashicha, u bu masalani uzoq vaqt o‘rgangan, biroq qonundagi cheklovlar juda aniq ifodalangan.

 

“Menimcha, qonunda yana nomzodimni qo‘ya olmasligim aytilgan. Men bu matnni uzoq vaqt o‘rgandim”, — dedi AQSh prezidenti.

 

Shunga qaramay, Tramp uchinchi muddatga nomzodini qo‘yish huquqiga ega ekanini ta’kidlagan. U bunga sabab sifatida 2020-yilgi prezidentlik saylovlarida demokratlar tomonidan firibgarlik sodir etilgani haqidagi da’volarini keltirgan.

 

“Ular firibgarlik qilishdi. Ular saylovlarni soxtalashtirishdi. Demokratlar o‘sha saylovlarni soxtalashtirishdi — biz juda yaxshi ishladik. Yo‘q, biz uch marta g‘alaba qozondik, lekin mayli... Menimcha, yana nomzodimni qo‘yish huquqiga egaman”, — degan Tramp.

 

Biroq Trampning 2020-yilgi saylovlar haqidagi da’volari uchinchi muddatga nomzod bo‘lish uchun qonuniy asos yaratmaydi. AQSh Konstitutsiyasiga 1951-yilda kiritilgan 22-tuzatishga ko‘ra, bir shaxs prezident etib ikki martadan ortiq saylanishi mumkin emas.

 

Tramp ilk bor 2016-yilgi saylovlarda g‘alaba qozonib, 2017-yil yanvarida prezident lavozimini egallagan. U 2020-yilgi saylovlarda demokrat Jo Baydenga yutqazgan, 2024-yilgi saylovlarda esa yana g‘alaba qozonib, 2025-yil yanvarida prezidentlikning ikkinchi muddatini boshlagan. Uning amaldagi prezidentlik muddati 2029-yil yanvarida yakunlanishi kerak.

Xalqaro qidiruv va hibs: O‘zbekistonda jinsiy jinoyatda gumonlangan erkak Rossiyada qo‘lga olindi

Xalqaro qidiruv va hibs: O‘zbekistonda jinsiy jinoyatda gumonlangan erkak Rossiyada qo‘lga olindi

Rossiyada noqonuniy yashab, qurilish maydonida ishlagan o‘zbekistonlik erkak nazorat-o‘tkazish punkti orqali mamlakatdan chiqib ketishga uringanida ushlangan.

Turkiyadagi ko‘mir konida metan portladi: uch kishi halok bo‘ldi

Turkiyadagi ko‘mir konida metan portladi: uch kishi halok bo‘ldi

Jarohatlangan besh nafar konchi shifoxonaga yotqizilgan.

Ukraina bo‘yicha muzokaralar noyabrda Abu-Dabida o‘tkazilishi mumkin — Peskov

Ukraina bo‘yicha muzokaralar noyabrda Abu-Dabida o‘tkazilishi mumkin — Peskov

Kreml Ukraina bo‘yicha muzokaralar dastlab Rossiya, AQSh va Ukraina ishtirokida o‘tishini bildirdi.

Yevropada jazirama oqibati: 50 mingdan ortiq kishi vafot etgan

Yevropada jazirama oqibati: 50 mingdan ortiq kishi vafot etgan

Eng ko‘p o‘lim holatlari Italiya, Fransiya, Ispaniya va Germaniyada qayd etilgan.

“Sizlar 7,5 million kishisiz, men esa bittaman” — Sadir Japarov

“Sizlar 7,5 million kishisiz, men esa bittaman” — Sadir Japarov

Qirg‘iziston prezidenti kuniga atigi to‘rt soat uxlashi va qolgan 20 soatini ish bilan o‘tkazishini maʼlum qildi.

“Yana ikkita urushni tugatishga yaqinmiz” — Tramp

“Yana ikkita urushni tugatishga yaqinmiz” — Tramp

AQSh prezidenti Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush yakuniga yaqinlashayotganini ta’kidladi.

To‘rt yillik sukunatdan keyin ziddiyat kuchaydi: Ar-Riyodda portlashlar eshitildi

To‘rt yillik sukunatdan keyin ziddiyat kuchaydi: Ar-Riyodda portlashlar eshitildi

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya husiylar uchirgan ballistik raketani urib tushirgan.

Xitoyda 7 magnitudali zilzila: kamida 16 kishi halok bo‘ldi

Xitoyda 7 magnitudali zilzila: kamida 16 kishi halok bo‘ldi

339 ta oilaning uyi vayron bo‘lgan, qutqaruv ishlari davom etmoqda.