Sport

Yevro-2024 saralash turniriga qurʼa tashlash sanasi maʼlum bo‘ldi

Futbol bo‘yicha navbatdagi Yevropa chempionatiga qurʼa tashlash marosimi qachon o‘tkazilishi maʼlum bo‘ldi.

Yevro-2024 saralash turniriga qurʼa tashlash sanasi maʼlum bo‘ldi

 

Xabarlarga ko‘ra, bu tadbir 2022-yil 9-oktabr sanasiga mo‘ljallangan. Marosim Germaniyaning Frankfurt shahrida bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqaning saralash bahslarida 54 jamoa guruhlarga bo‘lingan holda 23 ta yo‘llanma uchun kurash olib boradi. Yevro-2024 turnirida jami 24 ta davlatning terma jamoasi ishtirok etadi. Musobaqaning bir ishtirokchisi allaqachon maʼlum bo‘lib ulgurgan. Bu turnir mezboni Germaniya termasi hisoblanadi.

 

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilgi Yevropa chempionati 14 iyundan 14 iyulgacha Germaniyada bo‘lib o‘tadi. Turnirning final bosqichiga qurʼa tashlash marosimi esa 2023-yilning dekabr oyiga belgilangan.

 

Avvalroq La Liganing ikki klubi bosh murabbiysiz qolgani va “Real Madrid” sobiq futbolchisi O‘zbekistonga kelishi haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

custom img

Javohir Sindarov dunyoning 2-raqamli shaxmatchisiga aylandi

O‘zbekistonlik grossmeyster tezkor shaxmat reytingida birdaniga to‘rt pog‘ona yuqorilab, 2742,6 ochko bilan ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

custom img

Messi Ispaniyaning “Eldense” klubini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Argentinalik futbol yulduzi Ispaniya professional futbolidagi investitsiyalarini kengaytirmoqda.

custom img

Sindorov — Karlsen: bugun shaxmat olamida katta to‘qnashuv

Sindorov yetakchiligidagi “FYERS American Gambits” jamoasi bugun Magnus Karlsen sardorligidagi “Alpine APL Pipers”ga qarshi bahs olib boradi.

custom img

Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Futbolchi otasi Xorxe Messining vafotidan so‘ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlash qarori qat’iylashganini bildirdi.

custom img

US Open: Kamilla Rahimova dunyoning 29-raketkasini mag‘lub etdi

Teng kurashlar ostida o‘tgan birinchi set 7:6 hisobida Rahimovaning g‘alabasi bilan yakunlandi.

custom img

O‘zbekistonlik akademik eshkak eshuvchilar ilk bor jahon chempioni bo‘ldi

Kumush medal Germaniya, bronza medal AQSH terma jamoasi vakillariga nasib etdi.

custom img

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi

18 yoshli futbolchi viza rasmiylashtirilgach, yangi jamoasi safiga qo‘shiladi.

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"