Eng dolzarb

Ijtimoiy tarmoqlarga shaxsiy maʼlumotlarni qo‘yishda ehtiyot bo‘ling — IIV

So‘nggi vaqtlarda Telegram ijtimoiy tarmog‘ida tovlamachilik yo‘li orqali  daromad orttirish maqsadida  ayrim shaxslar ijtimoiy muhandislik uslubi bilan fuqarolarning shaxsiy hayotiga oid maʼlumotlarni (fotosurati, ismi, sharifi, telefoni, manzili va boshqalar) to‘plab, keyinchalik ularni shaʼni va obro‘siga putur yetkazuvchi “post”lar ko‘rinishida ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarga shaxsiy maʼlumotlarni qo‘yishda ehtiyot bo‘ling — IIV

 

So'ngra bu maʼlumotlarni tarqatmaslik evaziga pul mablag‘larini talab qilayotganligi kuzatilmoqda.

 

Hozirda bunday kanallardan bir nechtasi aniqlangan hamda ularni yurituvchilar xorij davlatlaridan turib faoliyat ko‘rsatishadi.

 

Ichki ishlar vazirligi tomonidan ushbu va boshqa turdagi jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi barcha kanallarning  egalari elektron manzillari aniqlanib, o‘rnatilgan tartibda tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazilmoqda.

 

Tekshiruv yakunlari natijasida tovlamachilik qilayotgan shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘riladi.

 

Ammo hozirgi kunda mazkur jinoiy kanallarni bloklashning texnik imkoniyatlari mavjud emas. Shuning uchun kanallar nomi oshkor etilmaydi.

 

Avvalroq, Facebook‘da Shavkat Mirziyoyev nomi bilan soxta akkaunt ochib firibgarlik qilgan hamda Peshku tumanida ijtimoiy tarmoq orqali o'girlik qilgan shaxs qo'lga olingani haqida xabar berilgandi. 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Ijtimoiy tarmoqlarga shaxsiy maʼlumotlarni qo‘yishda ehtiyot bo‘ling — IIV | Zamon.uz