Toshkent tumanida bir-biriga tutash qurilgan uylarda yong‘in sodir bo‘ldi
Bugun, 8-oktabr kuni Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Toshkent tumani "Sihatgoh" ko‘chasida bir-biriga tutash qurilgan uylarda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan va salkam 1 soat ichida yong‘in batamom o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Yong‘in natijasida "Sihatgoh" ko‘chasida joylashgan bir-biriga tutash qurilgan imoratlarining taxminan 250-300 kv.M maydoni yaʼni tom, shift qismlari va uy-jihozlari yongan.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Avvalroq Samarqand shahridagi xonadonlarning birida, Namanganda gaz quyish shaxobchasida hamda Toshkentda oshxonalarning birida yong‘in bo`lgani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







