0

Sirdaryoda qo‘lga olingan hokim o‘rinbosari va uning hamtovog‘iga nisbatan sud hukmi o‘qildi

So‘nggi paytlarda firibgarlik orqali mo‘may daromad topish ilinjida jinoyatlarga qo'l urayotganlar ko'payib bormoqda. Hayotda shunday qing‘ir ishlar bo‘ladiki, u haqda eshitgan vaqtimizda beixtiyor: "tuppa-tuzuk odam edi-ku, nima "jin urib" nomaqbul ishlarni qilibdi?" — deya hayron qolamiz. Aslida buning sababi nafs balosiga va oson boylik orttirishga borib taqaladi.

Sirdaryoda qo‘lga olingan hokim o‘rinbosari va uning hamtovog‘iga nisbatan sud hukmi o‘qildi

 

 

Qayd etilishicha, M.Xolbekovning arizasiga asosan shu kuni tezkor tadbir davom ettirilib, Guliston tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiya va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari B.Salimetov firibgarlik, yaʼni aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, xizmat mavqeidan foydalanib fuqaro M.Karimovani ishonchiga kiradi. Guliston tumani, “Yulduz” mavzesida kam taʼminlangan oilalar uchun qurilayotgan ko‘p qavatli arzonlashtirilgan uy-joylardan xonadon olishi uchun ro‘yxatga qo‘yib, yordam berish evaziga oldindan talab qilgan 400 AQSH dollarini M.Xolbekovdan Sirdaryo viloyati Tovar xom-ashyo birjasi binosi yaqinida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

 

Sud tomonidan B.Salimetov JKning 25,168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan JKning 45-moddasini qo‘llab, 2 yil 6 oy muddatga davlat organlarida mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilindi. Shuningdek, bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorida  (73.500.000 so‘m) jarima belgilandi. M.Xolbekovga esa JKning 25,168-moddasi 2-qismi “b” bandi, 28,211-moddasi 1-qismi bilan JKning 45, 59, 61-moddalari tartibida 2 yil muddatga davlat organlarida mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 2 yil 2 oy ozodlikni cheklash jazosini tayinlandi.

 

Aldov va firibgarlik yo‘li bilan topilgan boylik B.Salimetov va M.Xolbekovga buyurmadi. Ular topgan obro‘sini tushirib, el-yurt oldida uyatga qoldi.

 

Avvalroq Buxoro shahar hokimligi sobiq mulozimi firibgarlikka qo‘l urgani, Qo‘qon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari pora olayotganda ushlangani hamda Buxoroda hokimlik zaxirasidagi yerni 8 000 AQSH dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Sirdaryoda qo‘lga olingan hokim o‘rinbosari va uning hamtovog‘iga nisbatan sud hukmi o‘qildi