Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport qatnovi vaqtincha cheklanadi
Poytaxtimizda triatlon bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkaziladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qildi.


Shu munosabat bilan yo‘llarning bir qismi transport harakati uchun 9-oktabr kuni soat 06:00 dan 18:00 gacha va 10-oktabr kuni soat 06:00 dan 15:00 ga qadar vaqtincha yopiladi.
Ushbu ko‘chalar:
-
KХAY va Ko‘rgazma ko‘chalari kesishmasidan — Ch.Aytmatov ko‘chasigacha;
-
KХAY va Sh.Rashidov ko‘chalari kesishmasidan — Osiyo va Ch.Aytmatov ko‘chalari kesishmasigacha.
"Tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan", — deyiladi xabarda.
Avvalroq Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida "SKY CAMP" marafoni o‘tkazilishi, Mirobod tumanidagi baʼzi ko‘chalarda transport vositalari harakatlanishi vaqtincha cheklanishi hamda Qashqadaryodagi dovon ikki kunga yopilgani haqida xabar berilgandi.







