Jahon

Kongoda  kema  halokatga uchradi

Kongoda qo‘lbola yasalgan kema  daryoda halokatga uchradi. Buning oqibatida 51 kishi halok bo‘ldi,  69 kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda France  24 telekanali maʼlum qildi.

Kongoda  kema  halokatga uchradi

 

Kongo Demokratik Respublikasi Mongala provinsiyasi gubernatori matbuot kotibi Nestor Magbadoning so‘zlariga ko‘ra, yo‘qolganlar soni qayiqning sig‘imiga qarab baholangan. Kema bir-biriga bog‘lab qo‘yilgan to‘qqizta yog‘och kanolardan iborat edi.

 

Magbadoning aytishicha, 39 kishi tirik qolgan. Qidiruv va qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Falokat sababi tunda ob-havoning yomonlashgani bo‘lishi mumkin. Viloyat hokimiyati uch kunlik motam eʼlon qildi.

 

Bir necha kun oldin Kongoda 11 kishi Tanganyika ko‘lida qayiq ag‘darilishi oqibatida cho‘kib ketgan edi. 62 kishi qirg‘oqqa chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

 

Bundan avval Tataristonda samolyot qulashi oqibatida 16 kishi halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar qilingan edi.

 

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"