Eng dolzarb

"Chevrolet Onix" avtomobili qachon chiqishi maʼlum bo‘ldi

"Onix" avtomobili sotuvi 2022-yil oxiri, 2023-yil boshida yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

"Chevrolet Onix" avtomobili qachon chiqishi maʼlum bo‘ldi

 

 

Xabaringiz bor, ijtimoiy tarmoqlarda “Chevrolet Onix avtomobili sotuvga chiqdi” degan mazmundagi video yuzasidan "UzAuto Motors" munosabat bildirgandi.

 

"UzAuto Motors" kompaniyasi axborot xizmati maʼlum qilishicha, "Onix" avtomobili sotuvi 2022-yil oxiri, 2023-yil boshida yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

 

Qayd etilishicha, joriy yilning avgust oyida "Chevrolet Onix" va "Chevrolet Traker 2" avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun Asakadagi zavodda zaruriy ishlar olib borilgan.

 

"Chevrolet Onix" avtomobilining birinchi partiyasi ishlab chiqarilgandan so‘ng, olti oylik sinov muddatidan o‘tishi kerak. Avtomobillar turli xil iqlim sharoitida, har xil yo‘llarda sinovdan o‘tkaziladi. "Onix2 avtomobillarini seriyali ishlab chiqarish faqat to‘liq testdan o‘tgandan keyingina boshlanadi.

 

Maʼlumot uchun, "Chevrolet Onix" va "Tracker" bitta platformada yig‘iladi. Yangi platformani joriy etish dasturi yangi ishlab chiqarish tizimiga o‘tishni, avtomobillar qismlarini mahalliylashtirilish va moslashtirishga imkon beradi.

 

Eslatib o‘tamiz, “UzAuto Motors” ijtimoiy tarmoqlardagi mish-mishlarga izoh bergandi.

 

Avvalroq  O‘zbekistonda "Chevrolet Onix"ning bahosi qancha bo‘lishi, "UzAuto Motors" "Chevrolet Onix" hamda "Tracker" avtomashinalarini yig‘ishni boshlagani, "UzAuto Motors" “Spark” va “Lacetti” avtomobillarini vaqtincha ishlab chiqarish to‘xtatilgani haqida xabar berilgandi.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"