O'zbekiston

"The Korea Herald" gazetasi O‘zbekistondagi muhim tadbirlarni o‘z sahifalarida keng yoritadi

O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi Vitaliy Fen O‘zbekiston Prezidenti saylovi jarayonini xorijda keng yoritishga yo‘naltirilgan faoliyat doirasida "The Korea Herald" gazetasi prezidenti Choy Jin Yong bilan uchrashdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.

"The Korea Herald" gazetasi O‘zbekistondagi muhim tadbirlarni o‘z sahifalarida keng yoritadi

 

Taʼkidlanishicha, muloqot chog‘ida o‘zaro hamkorlikni faollashtirishga, joriy yil yurtimizda bo‘lib o‘tadigan muhim tadbirlarni, shu jumladan, Prezident saylovini o‘tkazish jarayoni bilan bog‘liq matbuot xabarlarini ushbu nufuzli gazetaning sahifalarida yoritib borishga kelishib olindi.

 

Choy Jin Yongning qayd etishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekiston o‘zining mintaqadagi hamda xalqaro miqyosdagi o‘rnini tobora mustahkamlamoqda.

 

"Mamlakatingizda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarning asosiy mohiyati “inson manfaatlari hamma narsadan ustun”, degan tamoyil bilan izohlanadi. Eng eʼtiborli tomoni, Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlarning ilm o‘rganishi, xorijiy tillarni mukammal egallashi, buning uchun zarur sharoitlarni yaratishga nihoyatda jiddiy masala sifatida qaramoqda. Darhaqiqat, dunyo shitob bilan o‘zgarayotgan, barqarorlikka yangidan-yangi xavf-xatar hamda tahdidlar paydo bo‘layotgan hozirgi sharoitda ilm-maʼrifat masalasi o‘z dolzarbligini namoyon etmoqda. Aynan ana shu yo‘nalish xalqlar farovonligining kaliti bo‘lib, u insoniyatni tinchlik, ezgulik va bag‘rikenglikka yetaklaydi",  — dedi Choy Jin Yong.

 

Muloqot davomida istiqbolda samarali aloqalarni rivojlantirish maqsadida "The Korea Herald" gazetasi bilan elchixona o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

 

Eslatib o‘tamiz, O‘mon Sultonligining "Asdaa Oman" gazetasida "Saylovoldi tayyorgarlik ishlari yakunlangach, 24-oktabr kuni O‘zbekistonda Prezident saylovlari o‘tkaziladi" sarlavhali maqola chop etilgandi.

 

Avvalroq saylov byulletenining shakli va matni tasdiqlangani, Prezident saylovi jarayonlariga Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya xodimlari jalb etilgani, saylov byulletenlarini Brayl alifbosida tayyorlash taklif qilingani, MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov prezident saylovlarida qatnashadigan nomzodlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan talablarda o‘zgarish yo‘qligi xabar qilingandi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotganlar prezident saylovida qanday ishtirok etishi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish uchun 14 ta saylov okrugi tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilingani haqida xabar berilgandi.

“Bunday harakatlar zudlik bilan to‘xtatilishi shart”: O‘zbekiston Ar-Riyod aeroportiga qilingan hujumni qat’iy qoraladi

“Bunday harakatlar zudlik bilan to‘xtatilishi shart”: O‘zbekiston Ar-Riyod aeroportiga qilingan hujumni qat’iy qoraladi

Tashqi ishlar vazirligi tomonlarni keskinlikni kuchaytirmaslikka chaqirdi.

Toshkentda xavfli daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi: xavf solayotganlari ruxsatnoma bilan kesiladi

Toshkentda xavfli daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi: xavf solayotganlari ruxsatnoma bilan kesiladi

Poytaxtda daraxtlarning soni, turi, yoshi, holati va joylashuvi hisobga olinib, davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar reyestri shakllantiriladi.

Andijonda og‘ir YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Andijonda og‘ir YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Yuk mashinasining tormoz tizimida nosozlik yuzaga kelib, yettita avtomobil bilan to‘qnashgan.

Piskent hokimi fermerlarga bosim o‘tkazgani aytilmoqda: prokuraturaga murojaat qilindi

Piskent hokimi fermerlarga bosim o‘tkazgani aytilmoqda: prokuraturaga murojaat qilindi

Fermerlar kengashi hokim fermerlarga bosim o‘tkazgani haqidagi xabarlar ortidan murojaat yo‘llagan.

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Firibgarlar kassalarda chipta qolmaganini aytib, yo‘lovchilarga ularni bir necha barobar qimmat narxda taklif qilmoqda.

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

Shuningdek, Fuqarolik aviatsiyasi agentligi ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilash taklif etilgan.

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryoning qurib borayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar paydo bo‘ldi.

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Qiz Turkiyaga o'qish bahonasida olib borilgan.