Karim Benzema “Oltin to‘p” uchun asosiy davogar...mi?
Ispaniyaning “Marca” nashri o‘quvchilari o‘rtasida 2021 yilda “Oltin to‘p” uchun asosiy daʼvogarlar bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazdi.

Ovoz berish jarayonida “Real Madrid” vakili Karim Benzema g‘olib bo‘ldi. Uni respondentlarning 38 foizi qo‘llab-quvvatladi. U “PSJ” hujumchisi Lionel Messidan bir foiz ko‘p ovoz to‘pladi.
Kuchli beshlikdan "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski (14%), "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu (4%) va "Chelsi" yarim himoyachisi Jorjino (3%) joy oldi.
Bundan avval yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga daʼvogar 30 futbolchining ro‘yxati eʼlon qilingan edi. Quyida ushbu nomzodlar bilan tanishishingiz mumkin:
1. Nikolo Barella (“Inter”)
2. Karim Benzema (“Real Madrid”)
3. Leonardo Bonuchchi (“Yuventus”)
4. Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”)
5. Jorjo Kellini (“Yuventus”)
6. Krishtianu Ronaldu (“Manchester Yunayted”)
7. Ruben Dias (“Manchester Siti”)
8. Janluiji Donnarumma (“PSJ”)
9. Bruno Fernandes (“Manchester Yunayted”)
10. Fil Foden (“Manchester Siti”)
11. Erling Holland (“Borussiya D”)
12. Jorjino (“Chelsi”)
13. Harri Keyn (“Tottenxem”)
14. NGolo Kante (“Chelsi”)
15. Simon Kiyer (“Milan”)
16. Sezar Aspilikueta (“Chelsi”)
17. Robert Levandovski (“Bavariya”)
18. Romelu Lukaku (“Chelsi”)
19. Riyad Marez (“Manchester Siti”)
20. Lautaro Martines (“Inter”)
21. Kilian Mbappe (“PSJ”)
22. Lionel Messi (“PSJ”)
23. Luka Modrich (“Real Madrid”)
24. Jerar Moreno (“Vilyareal”)
25. Meyson Mount (“Chelsi”)
26. Neymar (“PSJ”)
27. Pedri (“Barselona”)
28. Muhammad Saloh (“Liverpul”)
29. Rahim Sterling (“Manchester Siti”)
30. Luis Suares (“Atletiko”).
Avvalroq, Karim Benzema “Oltin to‘p”ni olish bolalikdagi orzusi ekanligi va La Liganing ikki klubi bosh murabbiysiz qolgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







