Oʻrtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston safarda Janubiy Koreyaga yutqazdi
O‘zbekiston terma jamoasi hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘lmadi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlari doirasidagi o‘rtoqlik uchrashuvida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushdi.
Bugun, 6-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da boshlangan bahs Janubiy Koreyaning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvdagi hisob 6-daqiqadayoq ochildi. Janubiy Koreya sardori Son Hyon Min jarima zarbasidan O‘zbekiston darvozasini ishg‘ol qildi. Ikkinchi bo‘limda esa O Se Xun 60-daqiqada farqni ikkitaga yetkazdi.
Qolgan daqiqalarda O‘zbekiston terma jamoasi hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘lmadi. Natijada bahs mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.








