Toshkentga yangi metro vagonlarining navbatdagi partiyasi yuborildi
Bugun “Transmashxolding” AJ tarkibiga kiruvchi “Metrovagonmash”AJ 20 ta zamonaviy metro vagonlarini ishlab chiqardi. Ushbu vagonlarni Toshkentga jo‘natildi ikki davlat o‘rtasidagi shartnoma majburiyatlarining bajarilishini yakunladi.

Shuningdek, rejaga ko‘ra, yuborilgan vagonlardan Toshkentda to‘rtta vagonli 5 ta metro poyezdi shakllantiriladi. Ushbu modifikatsiyadagi harakatlanuvchi tarkiblari yetkazilishi bilan Toshkent metropolitenida zamonaviy poyezdlar soni jami 60 vagonni, yaʼni 15 ta to‘rt vagonli poyezdlarni tashkil etadi.
Maʼlumot o‘rnida, 2019 yilda metropolitenning 20 vagonidan iborat birinchi partiyasi Toshkentga yetib kelgan.
2021 yil avgust oyida esa “Metrovagonmash” AJ O‘zbekistonga yana 20 ta metro vagonini jo‘natdi. Yangi metro vagonlarining barchasi Toshkent metrosining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqarilgan. Toshkent metropoliteni va “Metrovagonmash” poytaxtda metro tashkil etilganidan buyon, yaʼni 1977 yildan hamkorlik qilib kelmoqda.
Avvalroq, Rossiyadan O‘zbekistonga 20 ta zamonaviy metro vagonlari yuborilishi va so‘nggi olti oyda metroda qancha yo‘lovchi tashilgani maʼlum qilingandi. Shuningdek, Rossiyadan keltirilgan porezdlarda eshiklar kengaytirilib, video-kuzatuv kuchaytirilgani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







