Sport

Eldor Shomurodovda psixologik muammolar bo‘lishi mumkin

O‘zbekiston terma jamoasi va Italiyaning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodovning so‘nggi o‘yinlarda omadi yurishmayapti. Hatto terma jamoa safida ham o‘zini ishonchsiz his qilmoqda.

Eldor Shomurodovda psixologik muammolar bo‘lishi mumkin

 

Shomurodov har doim terma jamoa uchrashuvlarida aʼlo darajada o‘yin ko‘rsatgan. Lekin oxirgi ikki o‘yinda uning maydondagi faolligi susaydi. Ehtimol, Eldor o‘z klubidagi vaziyat tufayli psixologik muammolarga duch kelayotgan bo‘lishi mumkin.

 

Chunki Shomurodov “Roma”ning asosiy tarkibidan joy ololmadi. O‘yinchi bu vaqt davomida yetarli o‘yin amalyotiga ega bo‘lmaydi. Bu esa uning jismoniy va psixologik holatiga taʼsir qiladi. Qolaversa, futbolchi transfer narxi va unga bildirilgan ishonch tufayli bosim ostida.

 

O‘zbekiston milliy terma jamoasining so‘nggi ikkita o‘yinida Eldorning o‘ziga bo‘lgan ishonchning pastligi ko‘p vaziyatlarda sezilib qoldi. Balki bu o‘yinlarning darajasi bilan bog‘liqdir. Chunki har ikkala uchrashuv ham o‘rtoqlik maqomiga ega edi.

 

Ammo Shomurodov terma jamoaning yangi sardori ekani va jamoaga yangi bosh murabbiy kelganini hisobga olsak, Eldor o‘z imkoniyatini to‘liq namoyon qilishi kerak edi. Ayrim xabarlarga ko‘ra, Ispaniyaning “Sevilya” klubi Eldor bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirmoqda.

 

 

Jamshidbek Amirov

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

Musobaqada jahon grossmeysterlari Peter Leko va Xampi Koneru ham qatnashmoqda.

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

O‘zbekiston futbolidagi yangi bosqich, legionerlar o‘sishi hamda infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha tahliliy maqola.

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

“Bavariya” hujumchisi 2025/26-yilgi mavsumda klub va terma jamoa safida jami 73 ta gol urib, Kilian Mbappe va Lamin Yamalni ortda qoldirdi.

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Jamoa Iordaniya, Shimoliy Koreya va Bahraynga qarshi maydonga tushadi.

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

Turnirda qatnashish uchun 5 831 nafar shaxmatchi ro‘yxatdan o‘tgan bo'lib, ularning 633 nafari ayollar hisoblanadi.

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

WT terma jamoasi “Qatar Open” xalqaro turnirida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.