O'zbekiston

Toshkent — Shahrisabz — Toshkent yo‘lovchi poyezdining harakat jadvali o‘zgaradi

Joriy yil 20-21 oktabr kunlaridan boshlab Toshkent — Shahrisabz — Toshkent yo‘lovchi poyezdining harakat jadvali o‘zgaradi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabar bermoqda.

Toshkent — Shahrisabz — Toshkent yo‘lovchi poyezdining harakat jadvali o‘zgaradi

 

 

Qayd etilishicha, yo‘lovchilar talablarini inobatga olib, ularga yana-da ko‘proq transport xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida 2021-yil 20-21 oktabr kunlaridan boshlab, Toshkent — Shahrisabz — Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 4/3 sonli yo‘lovchi poyezdining harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritiladi.

 

Hozirgi kunda Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalidan harakatlanayotgan 4-sonli Toshkent — Shahrisabz yo‘lovchi poyezdi joriy yil 20-oktabrdan boshlab yangi jadval asosida soat 18:50 da jo‘naydi. Shuningdek, joriy yil 21-oktabrdan Shahrisabz — Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan 3-son yo‘lovchi poyezdi soat 05:31 da Shahrisabz temir yo‘l vokzalidan qatnay boshlaydi.

 

Maʼlumot uchun: hozirda 4-sonli Toshkent — Shahrisabz yo‘lovchi poyezdi Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalidan soat 09:00 da, Shahrisabz — Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan 3-son yo‘lovchi poyezdi Shahrisabz temir yo‘l vokzalidan soat 17:04 da jo‘namoqda.

 

Avvalroq Toshkent — Samarqand — Toshkent yo‘nalishida “Afrosiyob” poyezdining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yilgani, Ispaniyadan yuborilgan “Afrosiyob” tezyurar poyezdi Toshkentga yetib kelgani, Toshkent — Urganch — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilgani hamda Andijon — Termiz — Andijon yo‘nalishida yangi yo‘lovchi poyezdi qatnovi ishga tushgani haqida xabar berilgandi.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"