Jahon

Iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli “Tolibon”ning narkotrafik daromadlaridan voz kechishi qiyin — Vladimir Putin

Vladimir Putin Afg‘onistonda ISHID xavfi va “Tolibon” hukumati haqida fikr bildirdi.  RF prezidenti bu haqda MDH davlat rahbarlari kengashida maʼlum qilgan.

Iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli “Tolibon”ning narkotrafik daromadlaridan voz kechishi qiyin — Vladimir Putin

 

 

Putinning so‘zlariga ko‘ra, ISHIDning asosiy maqsadi – etnik va diniy nizolarni qo‘zg‘ash bo‘lib, shu orqali butun Markaziy Osiyoga taʼsir ko‘rsatishga harakat qilmoqda. Shuningdek, terrorchilar MDH hududiga qochqinlar ko‘rinishida kirishga harakat qilayotgani maʼlum qilindi.

 

Putin “Tolibon” hukumati inklyuziv emasligiga eʼtibor qaratdi. “Vaqtinchalik hukumat afg‘on jamiyatining barcha qismlarini qamrab olmagan. MDH toliblar o‘z vaʼdasini amaliy ishlar bilan mustahkamlashini kutmoqda”, degan Rossiya rahbari. Shu bilan birga, og‘ir iqtisodiy ahvol tufayli harakat aʼzolari narkotrafik daromadlaridan voz kechishi qiyinligi taʼkidlandi. “Toliblarni tan olishga shoshilmaslik kerak, ammo ular bilan muloqot qilish va afg‘onlararo yarashuv jarayonini qo‘llab-quvvatlash zarur”, – deb qo‘shimcha qilgan prezident.

 

Bundan avval Qatar davlatlarni “Tolibon” hokimiyatini tan olishda shoshilmaslikka chaqirgandi. Shuningdek, RF tashqi ishlar vaziri Andrey Rudenko toliblar Afg‘oniston shimolida nazoratni yo‘qotayotganini maʼlum qilgandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli “Tolibon”ning narkotrafik daromadlaridan voz kechishi qiyin — Vladimir Putin | Zamon.uz