Ta'lim

Estrada sanʼati instituti tashkil etiladi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati instituti tashkil etiladi. Davlat rahbari shunga oid tegishli qarorni imzolagan. Bu haqda “O'zA” xabar berdi.

Estrada sanʼati instituti tashkil etiladi

 

 

Unga ko‘ra, bo‘lajak institutda taʼlim faoliyati 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab yo‘lga qo‘yiladi. O‘qish davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, bakalavriatda 2 ta yangi, jumladan, bastakorlik sanʼati va sanʼatshunoslik: musiqashunoslik taʼlim yo‘nalishlari ochilishi taʼkidlangan. Bunda tashqari, magistraturada 2 ta yangi mutaxassislik - ovoz rejissyorligi: musiqiy ovoz rejissyorligi hamda musiqa sanʼati yo‘nalishlari tashkil etiladi.

 

Ayni kunlarda institutning asosiy vazifalari belgilanmoqda. Jumladan, yuqori malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, milliy estrada yo‘nalishida zamonaviy ijro namunalarining “Oltin fondi”ni yaratish hamda ularni notaga ko‘chirish va amaliyotga keng joriy etish kabilar shular sirasiga kiradi. Bunga qo‘shimcha tarzda, milliy estrada yo‘nalishi bo‘yicha fundamental, amaliy va ijodiy izlanish hamda tadqiqotlar olib borish ham yo‘lga qo‘yilishi ham rejada bor.

 

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab bolalar musiqa va sanʼat maktablari (324 ta), ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari (17 ta), maktab-internatlar (8 ta) hamda madaniyat, musiqa va sanʼat kollejlarida (2 ta) “Mahorat darslari” yo‘lga qo‘yiladi. Ularga institutning yetakchi professor-o‘qituvchilari hamda mamlakatimizda ijod qilib kelayotgan taniqli estrada ijodkorlari biriktiriladi.

 

Avvalroq Butunrossiya davlat kinematografiya institutining O‘zbekistondagi filiali hamda Toshkentda Markaziy Osiyo xalqaro instituti ochilgani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fanni boshqarish bo‘yicha yangi islohotlar xalqaro tajribaga asoslanmoqda.

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ta’lim tizimidagi yangi islohotlar mazmunini tushuntirdi.

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ushbu islohot orqali ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Bunga sertifikat orqali OTMga hujjat topshirayotgan abituriyentlar sonining yildan-yilga oshib borayotgani sabab bo‘lmoqda.

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar soni ham ma’lum qilindi.

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.