Sport

Shahram G‘iyosov nega havaskor boksga qaytdi?

Jahon chempiontiga tayyorgarlik mashg‘ulotlarini Toshkent viloyatining Yangiobod sport bazasida olib borayotgan bokschilarimiz orasida Shahram G‘iyosovning ham borligi boks ixlosmandlari diqqat-eʼtiborini tortgani, shubhasiz.

Shahram G‘iyosov nega havaskor boksga qaytdi?

 

Quyida uning  havaskor boksga qaytishi, oldinda turgan rejalar haqida Milliy Olimpiya qo‘mitasiga bergan  intervyusini eʼtiboringizga havola qilamiz:

 

– Sizni nima havaskor boksga  qaytarmoqda?

– Havaskor boksga o‘zimga tashlagan "chaqiruvim" qaytardi. Professional boksga o‘tganimdan keyin ko‘pchilik meni har tomonlama professional bo‘lib ketdi, deb aytmoqda. Maqsadim ham professional, ham havaskor boksda yuqori natijaga erishish. Men shuncha vaqt bekorga mehnat qilmaganimni ko‘rsatishim kerak. Oldimga bir narsani maqsad qilib qo‘ydimmi unga erishishni istayman. U, albatta, jonajon vatanimiz bayrog‘ini yuqoriga ko‘tarish va oltin medal olish. Shu bois o‘zimga o‘zim "chaqiruv" tashladim.

 

– Professional boksga yana qachon qaytasiz?

– Nasib qilsa, jahon chempionati finaliga chiqib, g‘alaba qozongach 3-4 kun ichida AQSHga jo‘nab ketaman.

 

– Hozir sparringda ko‘proq Igletsias bilan ishlayapsiz. So‘nggi to‘qnashuvingizga ko‘p vaqt bo‘ldi. Ikkalangiz ham bor imkoniyatingizni namoyish qilmayapsiz. Shunday bo‘lsa-da unda qanday o‘zgarishlarni sezyapsiz?

– U bilan jang qilmaganimga 4 yil bo‘libdi. Bu vaqt davomida  u havaskor boksda tajriba to‘pladi, Olimpiada chempioni bo‘ldi. Men esa professional boksda 11 ta jang o‘tkazdim. U juda munosib raqib. Shu paytgacha 3 marta to‘qnash kelganmiz. To‘g‘ri, bir-birimizning “sir”larimizni oshkor qilmayapmiz. Barchasi ringda aniq bo‘ladi.

 

– Sparring payti bir-biringizning ko‘zlaringizga qarasangiz, ichingizdan nima o‘tadi?

– Kulgi (kuladi). U ham jiddiy qarab qolsak, kulib yuboradi. Bilasizmi, bir-birimizni kitobdek o‘qib bo‘lganmiz. Agar qaysidir bosqichda to‘qnash kelib qolsak, kim jismoniy va ruhiy jihatdan yaxshi bo‘lsa, u g‘alaba qozonadi.

 

– Professional boksda Ahmadaliyev chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritib bo‘ldi, Madrimov majburiy daʼvogar darajasiga yetmoqda. Sizning navbatingiz qachon keladi?

– Xudo xohlasa, kelasi yilga niyat qilyapmiz. Nasib qilsa, chempionlik kamarini O‘zbekistonga 2022-yil olib kelaman.

 

– Sizga faqat omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

– Rahmat.

 

Avvalroq Shahram G‘iyosov va Hasanboy Do‘smatov jahon chempionatida ishtirok etishi haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

46 yoshli futbolchi Italiyaning “Ravenna” klubi safida “Forli”ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.