Sport

UEFA Angliyani jazolamoqchi

UEFA “Yevro-2020” final uchrashuvida muxlislarning hatti-harakati uchun Angliyani jazolashni rejalashtirmoqda.

UEFA Angliyani jazolamoqchi

 

Mazkur bellashuv boshlanishidan oldin yuzga yaqin muxlis stadionga chiptasiz kirishga urindi. Shuningdek, o‘yin davomida muxlislar maydonga chiqib yugurgan, buyumlar uloqtirgan.

 

UEFA ushbu o‘yin bo‘yicha ishni bugun, yaʼni 18-oktabr kuni hal qiladi. Katta ehtimol bilan Angliya futbol terma jamoasi hech bo‘lmaganda bitta uy o‘yinini muxlislarsiz o‘tkazishi kerak bo‘ladi.

 

Eslatib o‘tamiz, shu yilning yozida bo‘lib o‘tgan “Evro-2020” musobaqasining final bahsida Angliya terma jamoasi Italiyaga penaltilar seriyasida 3:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

 

Avvalroq UEFA “Yevro-2024” saralash turniriga qurʼa tashlash sanasi maʼlum bo‘lgani va Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi KXDR MOQni jazolagani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

custom img

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

custom img

Isroil boykot qilindi: Pokiston Isroilga qarshi doskaga chiqmadi

Samarqandda o‘tayotgan 46-FIDE Jahon shaxmat Olimpiadasining birinchi turida Pokiston shaxmat federatsiyasi shaxmatchilarini Isroilga qarshi o‘ynatmadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"